Barcha terma jamoalar Rossiyaga yetib bordi

13 iyun 2018, 22:25
Mundial startiga hamma shay.

Rossiyaga so'nggi bo'lib Yaponiya termasi yetib bordi.

Unga ko'ra, 10 ta jamoa Moskva shahri va Moskva viloyatiga joylashdi: Rossiya, Portugaliya, Eron, Fransiya, Peru, Argentina, Germaniya, Meksika, Belgiya va Tunis.

Sankt-Peterburgda esa 5 ta terma jamoa: Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Angliya.

Tataristonda 3 jamoa: Avstraliya, Kolumbiya, Yaponiya.

Nijegorodskdagi Bor bazasiga Urugvay joylashdi. Misrliklar Grozniyga, marokashliklar Voronejga, shveytsariyaliklar Tolyattiga, serblar Svetlogorskka, panamaliklar Saranskka, senegalliklar esa Kaluguga to'xtadi.

7 terma jamoa Rossiyaning janubiy hududlariga joylashdi. Ispanlar Krasnodarga, Daniya termasi Anapa, shved va islandlar Gelendjik, braziliyaliklar va polshaliklar Soch, nigeriyaliklar esa Escentukani makon tutdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Сhempionat.asia