So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  8 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

"Bankirlar"dan yana bir g'alaba yoxud “NBU-Osiyo” - “SHaxtyor” (Qarag'anda) – 1:0 Yangiliklar

"Bankirlar"dan yana bir g'alaba yoxud “NBU-Osiyo” - “SHaxtyor” (Qarag'anda) – 1:0

Bugun "NBU–Osiyo" jamoasi nazorat sinov uchrashuvida Qozog'iston vakili Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi yoshlariga qarshi maydonga tushdi.
Aytib o'tish lozimki, garchi uchrashuv o'rtoqlik va nazorat sinov maqomida bo'lsa ham qiziqarli bahslarga boy bo'ldi.

"Bankirlar" tarkibida jamoa etakchilari Leonid Koshelev, Davron Valijonov, Javlon Guseynov kabi etakchilar maydonga tushmagan bo'lsada uchrashuvni o'z foydasiga hal qila olishdi. Uchrashuvning etiborga molik jihatlari haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak, birinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida Rufat Akramxo'jaev shogirdlari penaltidan hisobni ochishlari mumkin edi. Lekin bunday imkoniyatdan jamoa yarim himoyachisi Sarvar Safarov foydalana olmadi.

Ikkinchi bo'limda “NBU-OSIYO” vakillari murabbiydan kerakli ko'rsatma olib chiqqanligi qolaversa, murabbiyning tarkibdagi bir qator o'zgarishlarni amalga oshirganligi o'z samarasini berdi. 85-daqiqada Farhod Baxtiyorov tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. SHunday qilib, Rufat Akramxo'jaev boshchiligidagi birinchi liga vakilimiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvda ham g'alaba qozonishdi.

“NBU-OSIYO” - “SHaxtyor” (Qarag'anda) – 1:0
Gol:
Farhod Baxtiyorov (85 daq)
“NBU-OSIYO”: Ruslan Matniyozov, Abbos Po'latov, Muhiddin Jumaboev. Mirshoxid Olimov, Adham Normuhammedov, Ulug'bek Boqiev, Sarvar Safarov, Avaz Ismatov,  Idris Bikmaykin, Jahongir Soqiev, Akmal Ergashev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Iskandar Raximov, Abubakr Abdurahmonov, Eldor CHoriev, Farxod Baxtiyorov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика