Banega "Al SHabab" futbolchisiga aylandi
15 sen 2020 18:30
Yangiliklar
Banega "Al SHabab" futbolchisiga aylandi
Argentinalik yarim himoyachi Ever Banega Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubi o'yinchisiga aylandi.
32 yoshli xavbek "Sevilya" bilan shartnomasi yakuniga etdi va yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo'shildi. Futbolchi "Al SHabab" bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Banega 2019/20 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 11ta assist qayd etdi.
U shuningdek jamoasining Evropa Ligasida g'olib chiqishida ham katta hissa qo'shdi.
Fikrlar