Balotelli Turkiyadan taklif oldi
04 iyu 2021 21:19
Yangiliklar
Balotelli Turkiyadan taklif oldi
Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Adana Demirspor" italiyalikka yiliga 2 million evro maosh va 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Balotellining oxirgi klubi "Monca" edi, u 2020 yildan 2021 yilgacha B Seriyaning ushbu jamoasi sharafini himoya qildi.
Qayd etish joiz, "Adana Demispor" Turkiya birinchi ligasi g'olibi sanaladi va yangi mavsumda Turkiya Superligasida qatnashadi.
Fikrlar