Balotelli koronavirus tufayli Italiya chempionatini to'xtatish kerakligini aytmoqda

8 mar 2020, 08:54
“Breshiya” klubining 29 yoshli italiyalik forvardi Mario Balotelli Italiya futbol assotsiatsiya vakillaridan birining A seriya bahslarini muxlislarsiz o'tkazmaslik va ularni futboldan zavq olishlarini cheklamasliklari haqidagi fikrlariga o'z munosabatini bildirdi.

“Pul bizning sog'ligimizdan yuqori turmaydi. Uyqudan ko'zni ochaylik. Men futbolni sizdanda yaxshiroq ko'raman. Ammo maydonga tushish uchun avtobus, poezd, samolyotda safarga chiqishim, mehmonxonada tunab qolishim va har qanday holatda ham ish jarayonida turli insonlar bilan muloqotda bo'laman. Lanati koronavirus tufayli farzandlarim bilan ko'risha olmayapman. Chunki ular Lombardiyada yashashmaydi. Bu holat meni asabiylashtirmoqda va qayg'uga solmoqda.

Deyarli har kuni men bilan ko'rishadigan onam men orqali jabr chekishini istamayman. U mening yoshimdek yosh emas. Lekin u futbolni hamma qatori sevadi. Men virusga chalinishni istamayman. Kerak emas. Kimnidir hayratda qoldirish  kerakmi? Yoki futbolga kelgan insonlar sog'liklarini xavf ostiga solishlari kerakmi? Kulguga qolmang! Sog'lik bilan hazillashib bo'lmaydi”, deya futolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football-Italia.


 
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, ushbu virus tufayli Italiyada murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Ayniqsa, Lombardiyada 5000 nafar kishida virus alomatlari aniqlangan. Ayni paytda Italiyada koronavirus tufayli 233 nafar kishi olamdan ko'z yumgani aniqlangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia