Ballak Ozilning asosiy etishmovchiligini aytib berdi
18 sen 2014 21:32
Yangiliklar
Ballak Ozilning asosiy etishmovchiligini aytib berdi
Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozilga felidagi muammolar tufayli o'zini to'liq ko'rsata olmasligi haqida gapirdi.
"Ozil bilan nima bo'layotganini tushunish qiyin. Menimcha, jamoat u haqida bilmaydigan narsalar bor. Ko'zida olov yo'q, g'amgin, ammo u yaqinda jahon chempioni bo'ldiku. Balki, unga tanqid tasir qilayotgandir. Bu bilan kurashib o'z felini ko'rsatish shart emas. To'g'ri, bu yarim himoyachining kuchsiz tarafi" - deydi Ballak.
Fikrlar