So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Baklajka zavodida suvoqchilik va qorovulchilik qilgan, Ippodromda disk sotgan AGMK darvozaboni 30 yoshda! Yangiliklar

Baklajka zavodida suvoqchilik va qorovulchilik qilgan, Ippodromda disk sotgan AGMK darvozaboni 30 yoshda!

Bugungi sanada tug'ilgan kunini nishonlayotgan futbolchilarimizni unutilmas sana bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun poytaxt viloyatining AGMK jamoasi darvozaboni Akbar To'raev 30 yoshga to'ldi. Oilaviy muhit tasirida futbolni tanlagan Akbar 8 yoshida "Paxtakor" klubi futbol maktabida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishni boshlagan. Birinchi murabbiyi Baxtiyor Nuraliev. Keyinchalik "CHilonzor" jamoasiga ko'chib o'tgan. Darvozbonlikni tanlaguniga qadar barcha chiziqlarda o'ynab chiqqan. Avvaliga himoyada, keyin chap qanot yarim himoyasida o'ynagan. Hujum chizig'ida ham o'z imkoniyatini sinab ko'rgan. 

"Bir kuni o'yinga ikkala darvozabonimiz ham kelmagan, - deydi biz bilan suhbatda Akbar. - Biri kasal bo'lib qolgan, ikkinchisi esa xorijga ketib qolgan. Bu taqdirning menga bergan tuhfasi bo'lsa kerak, o'sha o'yinda murabbiyimiz meni darvozani qo'riqlashimni aytdi. Undan avval ham mashg'ulotlarda penalti tepishni mashq qilsak, darvozaga o'z xohishim bilan turardim. Ochig'i, darvozabonimizdan ko'ra, penaltini qaytarish menda o'xshardi. SHunda murabbiyimiz Prokofev Boris Andreevich meni darvozaga qo'ydi. O'sha o'yin kuchli raqibga qarshi bo'lib o'tgandi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanib, o'yin davomida bitta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'lgandim. Uchrashuvdan so'ng darvozabon sifatida shakllana boshladim". 

Yuqorida takidlaganimizdek, Akbar oilaviy muhit sabab futbolni kasb sifatida tanladi. Uning otasi Tohir aka o'z vaqtida “Paxtakor” o'rinbosarlari tarkibida o'ynagan. Bir marotaba Bloxin to'p tepayotgan Sobiq ittifoq o'smirlar terma jamoasiga chaqirilgan. Viktor Jalilov, Vladimir Fyodorov, Mixail An kabi futbolchilar bilan bir sinfda o'qigan. 

"Dadam tizzalaridan olgan jiddiy jarohat sabab futbolni ertaga tamomlaganlar, - deya so'zini davom ettirdi kichik To'raev. - Bilasizmi, aslida ota-onam maslahatlashib meni tennisga berishgan, o'sha paytda 6 yosh edim. Bir yarim yilcha mashg'ulot o'tkazganimdan keyin, yig'lab futbolga o'tib ketganman. Tennis ham "Paxtakor" Markaziy stadionida edi, uyga qaytayotganimda "Paxtakor" futbolchilari mashg'ulot o'tkazar edilar. Inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. Hayotda kutilmagan holatlar, voqealar bo'lib turadi. Menda ham shunday bo'lgan. 16-17 yoshimda “Paxtakor” bilan biroz muammo yuzaga kelgan. Yani, o'tish davrida jamoasiz qolib ketganman. Hech bir jamoada to'p tepa olmay qolgandim. Natijada futboldan biroz bo'lsa-da sovub, zavodda ishladi. Zangiota tumanida baklajka ishlab chiqaradigan zavodda suvoqchilik ham qilganman. Otchopar bozorida disk sotganman. Zavodda qorovulchilik ham qildim. Sababi, oilamizda moliyaviy imkoniyat zo'r emas edi. Mehnatdan qochmaganman, qochish ham kerak emas. Ishing halol bo'lsa, qilayotgan mehnatingdan uyalish ham kerak emas.

Ha, hayot yo'llari bir tekis ravon emas. Akbar aytganidek, inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. To'raev o'smirlik davrida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni mardonavor engib o'tib, yana katta futbolga qaytdi. "Bunyodkor"dan chaqiruv oldi. "Qaldirg'ochlar" safidagi ishonchli o'yinlari sabab milliy terma jamoaga chaqirildi. 2014 yilning 10 oktyabr kuni Bahraynga qarshi uchrashuvda mamlakat bosh jamoasidagi debyutini nishonladi. Hozirda esa u amaldagi O'zbekiston kubogi sohibi AGMK sharafini himoya qilmoqda. "Bunyodkor" safida O'zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'ldi. 

Fursatdan foydalanib, Akbar To'raevni 30 yoshga to'lishi munosabati bilan saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. Ustozimiz Mirzahakim To'xtamirzaev aytganlaridek, omad hech qachon Akbarni tark etmasin!

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика