Bakka "Sevilya" bilan xayrlashdi
05 iyu 2015 15:49
Yangiliklar
Bakka "Sevilya" bilan xayrlashdi
"Milan" bilan shartnoma imzolagan hujumchi Karlos Bakka "Sevilya" bilan xayrlashdi.
"Hozir his tuyg'ularimni tasvirlab bera olmayman. Bir vaqtning o'zida xursandman va xafaman. "Sevilya"da orzuim ushalib, jahonning eng kuchli ligalaridan birida o'ynashga muvaffaq bo'ldim. "Sevilya" tufayli inson sifatida o'zgardim. Men eng chiroyli shaharlardan birida yashadim.
Endi ketyapman va klub rahbariyati va prezidentiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Emeri qo'l ostidagi murabbiylar shtabiga rahmat. Biz birgalikda yuqori cho'qqilarni zabt etdik. Bu klubda ishlagan va ishlayotganlarga rahmat. Menga iliq munosabatda bo'lgan ispan matbuotidan ham minnatdorman va albatta, mening yuragimda qoladigan muxlislarga katta rahmat" - deydi Bakka.
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar