Baxtiyor Ashurmatov: "Championat.asia ekspertlari aytgandek, biz "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynashimiz uchun bir kishi ko'p bo'lishimiz shart emas"
02 apr 2023 21:36
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Championat.asia ekspertlari aytgandek, biz "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynashimiz uchun bir kishi ko'p bo'lishimiz shart emas"
O'yin haqida
- O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo'limda biz ustunlik ko'rsatgan bo'lsak, ikkinchi taymda "Bunyodkor" faollik ko'rsatdi. O'sha 95-daqiqadagi vaziyatni aytmasa, darvozamiz yonida xavfli vaziyat unchalik ham ko'p yaratilmadi. Birinchi bo'limda bir ikkita xatolar qildik. Bugun birinchi martda himoya va darvozabonimiz nolga o'ynadi. Meninig fikrimcha, har bir qo'lga kiritilgan ochko muhim. Eng asosiysi, yigitlar uchta o'yindan keyingi tushkunlikdan keyin o'zlariga ishonch biroz qaytdi. O'yining oxiriga qadar g'alabadan umid qildik. "Bunyodkor"ning oxirgi daqiqalardagi vaziyatlarini hisobga olsak, durangga mos o'yin bo'ldi. Lekin Championat.asia ekspertlari aytgandek, biz "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynashimiz uchun bir kishi ko'p bo'lishimiz shart emasdi. Biz nisbatan kam ochko to'plagan bo'lishimiz mumkin. Ekspertlar shunga qarab baho berishgandir, balki. Lekin, bugun ikkita teng kuchga ega jamoalar to'qnash kelishdi. "Bunyodkor" omad va mehnat hisobiga 10 ochko yig'di, bizga esa omad kulib boqmadi. Keyingi o'yinlarda bu ochkolar o'rnini to'ldirishimiz kerak. Hozirda rahbariyat va muxlislar bizga ishonishmoqda. "Turon" Superligada jon saqlash uchun kurashadigan jamoa emas, biz tez orada bu vaziyatdan chiqib ketamiz.
- Baxtiyor aka, jamoadagi legionerlar haqida so'ramoqchi edim. Masalan, Zakariya yoki Boyovichni aytishimiz mumkin. Ular yo zaxiradan maydonga tushirilyapti yoki umuman maydonga tushishmayapti. Ularning o'yinlari sizni qoniqtirmayaptimi?
- Bilasizmi, Zakariya Beglarishvili, Boyovichlarni biz tarkibga juda kech jalb qildik. Ular yig'inlardagi o'yinlarda deyarli qatnashmadi. O'tgan o'yinda Boyovich ikkita hujumchi bilan o'ynaganimizda asosiy tarkibda o'yinni boshladi va yomon o'yin ko'rsatmadi. Bugun safarda "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaganimiz bois va markazda kuchli markaziy himoyachi borligi sababli, biz bitta hujumchi bilan o'ynadik. Legionerlarimizdan mamnunmiz, ular keyingi o'yinlarda albatta maydonga tushishadi. Masalan, Zakariya Beglarishvili bugun biz istagan o'yinni ko'rsatib berdi. To'p nazorati raqibga o'tib ketganda aynan Zakariya to'pni o'zimizda saqlashni uddalay oldi.
- Birinchi bo'limda "Turon" juda yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa jamoa biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Bu o'sha bir ochkoni saqlab qolishga intilishmidi?
- Yo'q, birinchi bo'limda biz ustunlik bilan o'ynadik. Biroq, "Bunyodkor" tarkibida kuchli tezlikka ega o'yinchilar ko'p edi. Biz ularga qarshi ochiq o'yin ko'rsatganimizda bu darvozamiz yonida ko'plab xavfli vaziyatlar yaratilishiga olib kelishi mumkin edi. SHu sabab ham, biz sabrli futbolga sabrli futbol bilan javob qaytardik. Qarshi hujumda "Bunyodkor" gol urganda biz qiyin vaziyatga tushib qolardik. Biz o'z vaziyatimizni kutdik. Bu vaziyatlar yuzaga keldi ham, ammo foydalana olmadik. Jamoamiz bir ochko uyin o'ynay olmasdi, chunki dastlabki uchta turdan kelib chiqib, biz bir ochko uchun o'ynay olmasdik. Biz har bir o'yinda maksimal natija ko'rsatishimiz kerak. Xullas, maqsadimiz raqib qarshi hujumi qurboni bo'lmaslik edi.
- Jamoangizda bir qarashda hammasi joyida. Vaziyatlar yaratish va ularni yakunlash borasida qanday rejalarni amalga oshirish niyatidasiz?
- To'g'ri, bizda oxirgi pas etishmayapti. Beglarishvili jamoamizga ko'nikib bormoqda. Biz pozicion hujumlar uyushtirish va vaziyatlar yaratishga to'g'ri kelsa, aynan Beglarishvili bizga as qotadi. Qolaversa, uy o'yinlarida ikkita hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin. Biz kam gol uryapmiz. Bugun ham ajoyib vaziyatlar bo'ldi. SHunchaki, ulardan foydalanish kerak edi. Norbekov ham ko'p ish qildi. O'ylaymanki, taktikalarni o'zgartirib, muammoni hal qilamiz.
- Bu o'yinda ham oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborishingiz mumkin edi. Koncentraciya bilan bog'liq muammolar ko'zga tashlanmoqda...
- Ha, agarda gol o'tkazganimizda bormi, men ortga qaytmasdan, shu erda qolardim. Tasavvur ham qilolmayman, rosti. To'g'risini aytsam, bu durangga mos o'yin edi. CHempionatda o'tkazgan o'yinlarimizning deyarli barchasida so'nggi daqiqalarda gol o'tkazpmiz. Sportda, umuman futbolda bir soniya ham xotirjamlikka berilish mumkin emas.
Fikrlar