So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  0 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  157 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

Bahrom Xakimov: "Raqibning birinchi golida o'yindan tashqari holat bordek ko'rindi" Yangiliklar

Bahrom Xakimov: "Raqibning birinchi golida o'yindan tashqari holat bordek ko'rindi"

Pro-liga 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Xakimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

"Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoani qabul qilib olganimga 10 kun bo'ldi. Bu muddat ichida baribir o'zgartirish kiritish qiyin. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishayapti. Oldingi o'yin bilan bugungi o'yinda farq sezildi. Futbolchilar bilan amaliy va nazariy mashg'ulotlarni olib bordik. O'tgan gal ham aytdim, tarkib mavsumga kech yig'ilgan. Bugun yigitlar yomon o'ynagani yo'q. Tajribali Mansur Saidov ham o'yin davomida o'z iqtidorini namoyish etdi. "Neftchi"ning ko'rsatgan o'yini haqida jamoa bosh murabbiyi o'z xulosasini chiqaradi. Bizning jamoa kuchayib borishi uchun vaqt kerak. Ayni damda "Hokim kubogi"da o'ynagan futbolchilardan ayrimlari boshqa jamoalarga o'tib ketishgan. Yigitlar bugun o'yindan oldin berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Fikrimcha bugungi o'yindagi birinchi golda o'yindan tashqari xolat bor edi. Gol kiritgan emas, raqibning hujumda oldinga o'tgan yana bir futbolchisida shunday holat ko'rindi. Buni ko'rib chiqyapmiz, balki tegishli tartibda birinchi gol yuzasidan etiroz bilan chiqarmiz. 80-minutda Pavel Smolyachenkoga nisbatan qo'pollik ishlatildi. SHaxsiy fikrim, bu vaziyatda penalti belgilanishi kerak edi. 

- Mo'ydin Mamazulunov va Xushnud Bozorovlar kech o'yinga qo'shilganining sababi nima?

- Hujumchilarni maydonga tushirishdan oldin himoyani ham o'ylash kerak. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatlarda qanot himoyachimizga nisbatan etirozim bor. Barchaga imkoniyat berib ko'rib olamiz. SHundan kelib chiqib ularning nimaga qodir ekanliklari bo'yicha xulosa qilsak bo'ladi. Futbolchilarni mashg'ulotda o'yindagi kabi ko'rish qiyin. 

- "Neftchi" haqli g'alabaga erishdi deb hisoblaysizmi?

- "Neftchi" tarkibi ancha avval yig'ilgan. Bizda yana takrorlayman, "Hokim kubogi"da o'ynagan ko'p futbolchilar ketib qolishgan. Hozir jamoamizda o'rtada o'ynaydigan futbolchiga bo'lgan ehtiyojimiz bor. Javohir Rasulovni majburan himoyaga qo'yyapmiz, u ham aslida markaziy himoyachi emas. 

- O'tgan yili tarkibda o'ynagan Ahror O'ktamov ham navbatdagi o'yinlarda maydonga tushishi mumkinmi?

- Albatta barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz. O'ktamov hozircha mening o'yin uslubimda o'z o'rnini topib olishi kerak. Javohir Rasulov o'tgan mavsumdagi jarohati sabab to'liq formada emas. U o'yinlar davomida kuchayib boradi.

- "Istiqlol" bosh murabbiyi sifatida ikkita o'yin o'tkazdingiz. Ayni damda sizni qaysi chiziqlar xavotirga solyapti?

- Meni hujum chizig'imiz tashvishlantiryapti. Darvoza chizig'imiz yomon emas, bugungi o'yinda ko'plab vaziyatlarda jamoamizni qutqardi.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика