So’nggi yangiliklar

22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  35 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  15 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  0 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 19:10"Қорабоғ" — "Сабаҳ". Озарбайжон кубоги финали учун таркиблар маълум  0 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  0 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1 16:42"Тоттенхэм" тўрт нафар футболчи клубни тарк этганини эълон қилди  0 16:18МЮ Фернандешга 80 млн евролик ўринбосар топди  2 15:03"Челси" 70 млн фунтлик трансферни амалга оширадими?  5

“Bahrom Vafoev-2” haqida Yangiliklar

“Bahrom Vafoev-2” haqida

Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri – “Mashal-2” uy o'yinlarini Muborak shahridagi “Bahrom Vafoev” nomidagi markaziy stadionning biqinidagi o'rinbosarlar jamoasi mehmonlarni qabul qiladigan klubning ikkinchi maydonida o'tkazadi.

Birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri – “Mashal-2” uy o'yinlarini Muborak shahridagi “Bahrom Vafoev” nomidagi markaziy stadionning biqinidagi o'rinbosarlar jamoasi mehmonlarni qabul qiladigan klubning ikkinchi maydonida o'tkazadi.


Tabiy qoplamali maydonning holati yomon emas. Har holda biz yozning so'nggi oyida Muborakka borganimizda shunday edi. Asosiysi, maydon tekis. Istagan futbolingizni namoyish qilishingiz mumkin. O'lcham borasida ham stadionga etiroz yo'q. CHunki maydonning o'lchami standart talablarga javob beradi. O'yingohning bir tomonida tribuna bor. Tribuna ikki qismga ajratilgan. Markazda maxsus xona va yuqori qavatda rasmiy shaxslar uchun alohida joylar bor. Markazning pastki qismida zaxira hakami bemalol o'z ishini bajarishi mumkin. Nazoratchi esa, yuqorida o'tiradi. 

Ikki tarafga ajratilgan tribunaning ko'rinishi oddiy. To'rtta qatorga bo'lingan. Qatorlarning uchtasiga ishqibozlar betonda o'tirib qolmasliklari uchun taxta yotqizib chiqilgan. Tribunaning orqa tomoni devor bilan to'silgan. Yuqori qismiga maxsus jihozlar o'rnatilganku, lekin yopilmagan. Maydon bilan tribuna orasida to'siq bor. Ishqibozlar birinchi liganing aksar stadionlarida kuzatilgan kabi, maydon chizig'i atrofida bemalol harakat qila olishmadi. 


Tribunalarning markazining qarama-qarshi tarafida tablo bor. Qo'l bola tabloning holatini zo'r deyish mushkul, ammo birinchi liganing ayrim klublarinikidan yaxshiroq. Lekin “Mashal”dek klub bundan-da, yaxshiroq tablo ishlatishga qodir ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Balki bu PFLning talablariga qatoriga kirmasligi bilan bog'liq bo'lsa kerak? Qolaversa, bugungi kunda birinchi liga jamoalari uchun bosh muammo tablo emas, balki maydon sifati. Yuqorida takidlaganimizdek, mazkur o'yingohda bu borada hech qanday muammo yo'q. 

Jamoalar uchun ajratilgan echinish xonasi maydondan biroz uzoqroqda ekanligini inobatga olmasa, echinish xonasining o'zi kichik va ixchamgina. Toza va kishining dilini xira qiladigan hidlar yo'q. Issiq va sovuq suv bor. Echinish xonasi uzoq bo'lganligi uchun ham jamoalar tanaffusda maydonning o'zida hordiq chiqarishni lozim deb bilsa kerak?!


Bizga malum qilishlaricha, maydonning projektorlari ishlaydi va talablarga javob beradi. Odatda birinchi liga klublari o'yinni tezroq o'tkazib, ortga qaytishni maqul topishgani bois, o'yinlar kech tushguniga qadar o'tkazib bo'linar ekan. Ammo o'rinbosarlar jamoalar kechki salqinda maydonga tushib, hisob-kitob qilishlarini aytishdi. Qolaversa, bu maydonda asosiy tarkib mashg'ulot o'tkazishini ham eshitdik. 


Xullas, “Mashal”ning bo'lajak yulduzlari shu maydonda to'p tepib katta bo'lishadi.

Furqatbek Nishonov


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика