Bahrom Haydarov: "Rifat Akramxo'jaev haqida rahbariyatdan so'rash kerak"
18 iyu 2021 22:38
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Rifat Akramxo'jaev haqida rahbariyatdan so'rash kerak"
- Bugungi o'yinga tayyorlagan rejamiz qaysidir manoda amalga oshdi deb o'ylayman. O'yindan oldin "Qizilqum"ni o'rganib chiqib shunday yo'l tanlagandik, himoyada o'ynab imkoniyat kutishimiz to'g'ri bo'lmasdi. Sababi bizga faqat g'alaba kerak va orqaga yo'l yo'q. Ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, durang menimcha adolatli natija deb o'ylayman. Yana bir o'ylantirgan narsa bizda jarohat olgan futbolchilar ko'payib ketdi, 3-4 futbolchi xizmatidan foydalana olmadik. Zaxiramizda muammo paydo bo'ldi. Har bir qo'lga kiritilgan ochko bizga tilloga teng.
- Rifat Akramxo'jaev qachongacha davolanadi? U qachon jamoaga qaytishini ayta olasizmi?
- Bu haqda rahbariyatdan so'raganingiz to'g'ri bo'lsa kerak. Hozircha Rustam Oripov bilan birga jamoani boshqarib kelayapmiz.
Fikrlar