So’nggi yangiliklar

19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   1 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  37 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  14 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0

Bahrom Haydarov: “Neftchi”da kim ishlashidan qatiy nazar jamoaning shonli tarixini qaytarish uchun harakat qiladi” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Neftchi”da kim ishlashidan qatiy nazar jamoaning shonli tarixini qaytarish uchun harakat qiladi”

Farg'onaning “Neftchi”klubi uchun bu mavsum muvaffaqiyatsiz kechayotgani hech kimga sir emas. Jamoa chempionatning dastlabki 19ta uchrashuvida umuman g'alaba qozona olmadi.

Faqat so'nggi bahslarda o'ziga kelgandek ko'rinmoqda. Vodiy derbisida “Navbahor” mag'lub etildi, Toshkentda amaldagi chempion “Lokomotiv” bilan durang qayd etildi. Biz jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov bilan aynan “Lokomotiv”ga qarshi bahsdan oldin suhbatlashishga qaror qildik.

- Mavsum boshida "Neftchi"da kim aslida bosh murabbiy ekanligini bilmay ham qoldik. Mana shu vaziyatga oydinlik kiritib bering.

- Barchaga malumki, o'tgan mavsum oxirida "Neftchi" klubi oliy ligani tark etishi kerak edi. “Cementchi” klubi esa oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Bir viloyatning ikki jamoasini birlashtirish fikri tug'ildi. Yanvar oyi oxirida “Cementchi” rahbariyati to'laligicha “Neftchi”ga ko'chib o'tdi. Bu chempionat boshlanishiga bir oy qolganida sodir bo'ldi. SHunday qilib, murabbiylar shtabi tuzildi. “Cementchi”dan kelgan Sergey Kovshov bosh murabbiy sifatida tanishtirildi, katta murabbiy lavozimiga Abdumalik Hakimov tayinlandi. Ushbu murabbiylar shtabidan men ham o'rin oldim, o'tgan mavsum men “Neftchi”ning yoshlar jamoasini boshqargandim. Aslida rasman Kovshov bosh murabbiy bo'lsa ham, murabbiylar shtabini Hakimov boshqardi. Biroq Hakimovda “A” licenziyasi yo'qligi bois meni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazishgandi.

- Demak, mavsum boshida faqat qog'ozda bosh murabbiy bo'lgansiz. Hozir esa amalda ham bosh murabbiysiz. Bu aynan qachon sodir bo'ldi? Hakimov ketganidan keyinmi?

- Futbolda bilasiz natija bo'lmasa murabbiy aybdor bo'ladi va oxiri ishdan bo'shatiladi. “Neftchi” g'alabasiz o'yinlar o'tkazgach Abdumalik Hakimov men bilan suhbatda nimanidir o'zgartirish kerakligini va boshqaruvni o'z qo'lingizga oling deb aytdi. Yoshligimdan menda bitta narsa bor, hech qachon ortga qaytmayman. O'zim farg'onalikman, shu bois yo'q deyishga haqqim ham yo'q edi. 10-turda uyda “Lokomotiv” bilan o'yindan keyin bu narsa sodir bo'ldi. Taqvimga qaraganimda “Qo'qon-1912”, “Nasaf” bilan safarda, o'z maydonimizda “Paxtakor” bilan bahslar kutib turgandi. Lekin “Neftchi”ning taqdirini o'ylab qanchalik qiyin bo'lishini bilsam ham rozi bo'ldim. 11-turda “Qo'qon-1912” bilan o'yinga “Neftchi”ni men qog'ozda ham, amalda ham bosh murabbiy sifatida boshlab tushdim.


- So'nggi paytlarda o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida bir gapni ko'p takrorlayapsiz: “To'g'ri natija bo'lmayapti, lekin o'yinimiz O'zbekistonda eng yaxshilardan biri”. Bu shogirdlaringiz ruhini ko'tarishmi yoki rostdan ham shunday deb o'ylaysizmi?

- Unisi ham, bunisi ham. Har bir murabbiy o'z shogirdlari ruhini ko'tarishi kerak. Yomon desangiz yomon bo'lib ketaveradi. Yigitlarning o'yinlarini ko'rib shu narsani bir necha bor takrorladim. “Qo'qon-1912” va AGMK bilan o'yinlardan keyin tashqaridan ham bir qator mutaxassislar ham mana shu narsani takidlashdi. Xatto muxlislar ham o'yinda o'zgarish bo'layotganini aytishdi. Boshqa jamoa futbolchilari ham bizning yigitlarga o'yinimiz haqida iliq gaplar gapirishdi. To'g'ri biz yuqori natijalar ko'rsatmayapmiz. Istalgan muxlisga o'yin emas eng avvalo g'alaba kerak. Aytaylik 3:0 hisobida yutsak o'yindan keyin muxlislar himoyaviy o'yin yoki taktik o'yin bo'ldi demaydi. G'alabadan xursand bo'ladi. O'yindan keyingi matbuot anjumanlari vaqtida murabbiy hali sovub ulgurmagan bo'ladi va nimani o'ylasa shuni gapiradi. Bu narsani ko'p gapiribmanmi demak sizlarga tashqaridan yaxshiroq ko'ringan.

- “Neftchi” 19ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmadi. Qaysi o'yinlarda g'alabaga yaqin edinglarku lekin yakunda yutqazib qo'ydinglar?

- Mavsum boshida ham alamli o'yinlar bo'ldi. Eslasak uyda AGMK bilan o'yinda 1:3 hisobida yutqazganmiz. Birinchi va ikkinchi bo'lim er bilan osmoncha farq bo'lgandi. Uyda “Buxoro” bilan bahsda 0:1 hisobida yutqazgandik. O'sha o'yinda biz g'alaba qozonishimiz kerak edi, istasangiz hozir videosini topib ko'ringlar o'yin bo'yicha biz tashabbusga ega bo'lgandik. Lekin natija bu natija, “Buxoro” gol urdi va yutib ketdi. Ko'plab o'yinlarda biz yutishimiz mumkin edi, to'g'ri faqat “Qizilqum” bilan bahsdagi namoyish etgan o'yinimizdan umuman qoniqmadim. O'sha o'yinda g'alabaga haqli emasdik. Buni tan olaman. Lekin bazi o'yinlarda xatto durangdan keyin ham ikki kunlab o'zimga kela olmadim. CHunki o'sha uchrashuvlarda yutishga yaqin edik. Jamoa qachon kuchli? Qachonki o'yini chiqmay turib yakunda o'yinni o'zgartira olsa. Masalan, “Navbahor” bilan o'yinning dastlabki 25 daqiqasida “Neftchi” maydonda yo'q edi. Bosh murabbiy sifatida buni aytayapman, lekin o'yinni o'zgartirdik va yakunda xatto g'alaba ham qozondik.


- Yaqinda PFL klublarga xat yubordi. Unda hozirgi reglament haqida gap borgan. “Neftchi” klubi bunga qanday javob berdi va bu borada sizning shaxsiy fikringiz qanday?

- Ushbu xat bilan xodimlarimiz shug'ullanishdi. Bunga ikki tomonlama qarash mumkin. SHaxsan o'zimning fikrim shunday: Yil boshida “oltin ochkolar” orqali chempionatimizda raqobat bo'lishiga erishmoqchi bo'ldik. Hozir esa bu tizimning ham xatolari borligi ko'rinmoqda. Bu tajriba edi. Agar hozir barchasi zo'r bo'lib ketganida demak to'g'ri qaror bo'lardi. Tajriba qilmasangiz hech nimaga erishmaysiz. Bu yil 12talik format tuzildimi agar bu yilni oxirida o'zini oqlasa keyingi yil ham shunday davom etish mumkin. Agar tizim o'zini oqlamasa barcha klublarni yig'ib yangi tizim haqida o'ylab ko'rish kerak.

Endi “Neftchi” bosh murabbiyi sifatida emasa oddiy muxlis sifatidagi fikrimni bildiraman. Hozir “oltin ochkolar” bor to'g'rimi, birinchi bosqich tugagach 12ta klub ikkiga ajraladi. Mana shu ajralgandan keyin barchaning ochkolari 0 ga aylantirib yuborilsa har bir klubda imkoniyat bo'lardi. Qaytaraman, shunday bo'lsin demayapman shunchaki muxlis sifatidagi o'z fikrimni bildirdim xolos.

- Abdurahmon Abdulhaqovning “Navbahor” bilan o'yindagi harakatlari borasida nima deya olasiz?

- Futbolda azart bo'lgani uchun uni millionlab odamlar yaxshi ko'rishadi, aks holda futbol teatr bo'lib qolardi. Lekin azart ham meyorida bo'lishi lozim. Abdulhaqov ichidagi his hayajonini qaerga chiqarib yuborishni bilmay qoldi deb o'ylayman. Men uni oqlamayman, lekin u qo'li bilan hech qanday haqoratli harakat qilmadi. Lekin bu vaziyatda muxlislar o'rtasida ajiotaj chiqib ketishi xavfi bor edi. SHu tomonda qaraganda Abdurahmonning o'sha erga yugurub borgani noto'g'ri. Lekin futbolchi gol urgach o'z quvonchini turlicha nishonlaydi, kimdir salto qiladi, kimdir maydonga sirpanadi, kimdir esa raqib muxlislariga nimalarnidir ko'rsatadi. Futbolda azart bo'lgani yaxshi, lekin chegaradan chiqib ketmasa bo'lgani.


- “Neftchi”da o'ynagan futbolchi sifatida jamoaning shonli tarixini tiklash qanchalik og'ir deb o'ylaysiz? Sababi 5 karra O'zbekiston chempioni oxirgi yillarda faqat so'nggi o'rinlarda yuribdi.

- Men 5 yildan buyon klub tizimida ishlab kelayapman. Bu davr ichida 4 marta murabbiy almashdi. Bu yilgisi bilan 5 marta. Keyin rahbarlar almashdi. Ularning yonida ishladim, barcha mana shu shonli tarixni qaytarishga harakat qildi. Beayb parvardigor, kimdir ko'proq harakat qildi, kimdir kamroq. Qaysidir murabbiy tarkib tanlashda xato qilgandir, qaysidiri boshqa narsada. Lekin saviyasi past murabbiy kelmadi, ro'yxatga qarang Fyodorov, Ismoilov, Abramov... Barchasi juda tajribali va bilimli murabbiylar. Hozirgi kunda ham barchamiz avvalgi “Neftchi”ning natijalarini takrorlashga urinayapmiz. Men yosh murabbiyman, meni xohlamaydi deb o'ylaysizmi “Neftchi”ni yuqori pog'onalarga olib chiqishni? Jamoa yutaversa mening ham tajribam oshaveradiku, buni yashirishning keragi yo'q. Bir narsani aytmoqchiman, “Neftchi”da natijalar pasaygan bo'lsa ham, murabbiylar almashsa ham hech qachon klubda moliyaviy muammo bo'lmagan. Hech qachon. Jamoada mustahkam poydevor bor. Bir kun kelib albatta yuqori o'rinlarga qaytamiz. “Neftchi” uchun mana shunday o'rinda yurish fojia, haqiqiy fojia!

- Sarkisyan ishlgan paytda “Neftchi”dan ko'plab istedodli futbolchilar etishib chiqishgan. Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Mirzaev, Dilyorbek Ermatov, SHerzod Hakimov... So'nggi yillarda esa negadir aynan “Neftchi”dan chiqqan futbolchilar ko'rinmay qolgandek. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Uzoqqa bormaymiz. Oxirgi beshta o'yinni olamiz, Abror Ismoilov, Abdumavlon Abdujalilov, Abdujamol Isroilov, Avazbek O'lmasaliev, Xurshid Asqaraliev, Nematov, Xojimatov... Ular o'tgan yil va bu yil debyut qilishdi. Undan oldingi avloddan ham Umid Qodirov, Javohir Rasulov, Saydullo Rahmatov kabi futbolchilar bor. Nima uchun Sarkisyan paytidagi futbolchilar ko'proq ko'zga tashlangan? CHunki Yuriy Vazgenovichning o'zi ancha yil bitta klubda ishladi va yoshlar jamoasidagi futbolchilarni bilardi. Keyingi yilda unga imkon berardi. U ketgach murabbiylar almashaverdimi? Yangi murabbiy o'zi bilgan futbolchilarni olib keladi to'g'rimi. Yoshlar jamoasidagi futbolchilar esa ayni o'ynaydigan davrida boshqa klubga o'tib ketishayapti. Bugungi kunda Superligada o'ynayotgan farg'onalik futbolchilarni bir jamoaga yig'ing bitta kuchli top-klub bo'ladi.


- Doston Tursunov Xitoydagi U-23 Osiyo chempionatida chempion bo'ldi, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida bir qator kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Mana Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga yo'l oldi. Lekin so'nggi paytlarda u “Neftchi”ning asosiy futbolchisi emas. Ko'p bor zaxiradan maydonga tushmoqda. Bunga sabab nima?

- Har bir futbolchining har bir davri bo'ladi. O'zim ham futbolchi bo'lganman. Yil boshidan buyon Dostonga shu narsani tushuntirib kelayapman. Menimcha fikru xayoli terma jamoaga ketib qolgan. Futbolchi klub va terma jamoada bir xil o'ynashi kerak. Lekin bazi futbolchilar terma jamoaga chaqirmay qolishi mumkin deb qo'rqadi va klubda o'zini ko'proq ayab o'ynaydi. Albatta terma jamoada o'ynash uchun kurashish yaxshi narsa. O'zimni ham terma jamoaga chaqirishganida shunday bo'lgandi. Muhim musobaqaga borolmay qolishim mumkin deb o'ylardim. Terma jamoada ajoyib o'ynamoqda va klubga qaytgach negadir o'zgarib qolmoqda. Bu bilan uni ayblay olmayman, u juda ham mehnatkash bola. Hozircha tajribasi kam. Yaqin yillar ichida bir maromga tushib olsa kuchli futbolchiga aylanadi. Mana, Ronalduni oling, klubda ajoyib o'ynaydi, terma jamoaga boradi va gollar uraveradi. Hozir Tursunov Indoneziyada bo'lib turibdi. Fursatdan foydalanib olimpiya terma jamoamizga omad tilayman.

- “Neftchi”ning uy o'yinlariga muxlislar tashrifining kamayib ketishiga faqat natijalar sabab bo'ldimi? Yoki boshqa sabablar ham bormi?

- Faqat natija tufayli. Biz aybdormiz. Muxlislar kamayib ketishiga biz aybdormiz. Murabbiylar murabbiy sifatida, futbolchilar futbolchi sifatida, jamoa yutmaganligi va musobaqa jadvalida so'nggi o'rinda borayotgani... “Navbahor”ni qarang, to'la stadion. Aytishingiz mumkin, chipta narxi qimmatdir deb. Agar jamoa yutaversa narxni osmon qilib qo'ying stadion to'laveradi. Sababchi biz, biz o'ynolmayapmiz. Ochig'ini aytaman, oxirgi o'yinlarda safarda durang o'ynadik va “Navbahor” bilan o'yinda 5-6 ming odam keldi. Xudo xohlasa “Lokomotiv” maydonidan ijobiy natija bilan qaytsak (suhbat 10 avgust kuni bo'lib o'tgan) “Qo'qon-1912” bilan o'yinga 10 ming odam kelishi ham mumkin. Birinchi sababchi biz, tan olaman. “Neftchi”ning “Istiqlol”ni to'ldira olmayayotganiga sababchi biz. Mana o'tgan oyning eng chiroyli goli SHerzod Hakimovga nasib etdi. Mana shunday chiroyli gollar urib tursak, g'alaba qozonib tursak muxlislar turli qishloqlardan, Beshaqriq deysizmi, Oltiariqdan deysizmi yoki Buvaydadan deysizmi stadionga etib keladi. Masofalar ham rol o'ynamay qo'yadi. “Neftchi” yutaverishini, stadionimiz to'lib toshishini istab qolaman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика