Bahrom Haydarov: "Men xavfsiragan narsa bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
24 okt 2018, 22:10
Superliga 27-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” o'yinidan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida “Neftchi” bosh murabbiyi Bahrom Haydarov ishtirok etdi.

– Bu mavsumda qo'qonliklarga qarshi to'rtinchi bor to'qnash keldik. Derbi doimo shiddatli tarzda o'tgan. Bugun bazi bir sabablarga ko'ra, asosiy tarkibning bir qator o'yinchilari ishtirok eta olishmadi. Abror Ismoilov va Sherzod Hakimovning yo'qligi bilindi.

“Qo'qon-1912” asosan standartlarga e'tibor berishni shogirdlarimga aytgandim. Lekin baribir men xavfsiragan narsa bo'ldi. Shuni aytishim kerakki, bugun har ikki jamoa ham yaxshi o'ynadi. “Qo'qon-1912”ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz