So’nggi yangiliklar

01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  3 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  1 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6

Bahrom Haydarov: "Ishonchim komilki, "Surxon" mavsum o'rtalarida 7-8-o'rinlar uchun kurashadi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Ishonchim komilki, "Surxon" mavsum o'rtalarida 7-8-o'rinlar uchun kurashadi"

Coca Cola Superliga 8-turi doirasidagi "Navbahor" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab mehmon jamoa murabbiyi Bahrom Haydarov o'yin haqidagi fikrlarini bildiradi.





- To'g'ri, bugun yutqazdik, lekin mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ikki bo'limda teng o'yin bo'ldi. To'p nazoratini "Navbahor"ga berishni mo'ljallagandik. Futbolda qaysi jamoa imkoniyatidan foydalansa, g'alaba unga nasib etadi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. G'alaba qozonishni xohlagandik. Qachonki, imkoniyatlardan foydalansak, shundagina natija bo'ladi. "Navbahor" legionerlari mahorat evaziga gol urib, g'alabaga hissa qo'shishdi.

- Hamma ko'rib turibdi, ikki turdan beri yigitlarning jismoniy holati va o'yiniga etiroz bo'lmadi. SHunchaki, koncentraciyani yo'qotish tufayli imkoniyatni boy beryapmiz. Jamoa yomon o'ynamayapti, futbolchilarga mahorat etishmayapti. O'yinni o'ziga oladigan o'yinchi topilmayapti. Bu borada ko'p ishlayapmiz, lekin baribir, mahoratli futbolchi hech bo'lmaganda 4 ta imkoniyatdan bittasini golga aylantiradi. Tarkibimizda bunday salohiyatga ega o'yinchi yo'q demoqchimasman. Keyingi o'yinlarda omad kelishiga ishonamiz.

- Ko'p jamoalarda moliyaviy qiyinchiliklar borligini ko'ryapmiz. Natijada mahoratli futbolchilar xorijga yo'l olishmoqda. "Nasaf", "Bunyodkor" kabi jamoalar akademiya tarbiyalanuvchilari hisobiga tarkibni shakllantirib olishyapti. "Surxon"da esa mahoratli futbolchilar kamligi tufayli tarkib tuzish qiyin kechdi. Hozirgi jamoamiz ham yomon emas, Superligada o'rtamiyonadan yuqoriroq saviyada ekanligi aniq. Tarkibni shakllantirish uchun vaqt kerak, lekin bunga vaqt ham yo'q. Keyingi o'yinlarda omadimiz kulib boqadi degan umiddaman.

- Barcha jamoalarni o'rganib chiqyapmiz. Murabbiy sifatida emas, "Surxon" jamoasiga yondan qarab baho bersam, jamoa o'rta pog'onalarni egallashiga ishonaman. Tarkibni kuchaytiramiz. Ishonchim komilki, mavsum o'rtalarida 7-8-o'rinlar uchun kurashamiz.

- "Surxon"ning tiklanganiga 4 yil bo'ldi, ota-onalar farzandlarini endi shu jamoaga berishga intilishmoqda. Avvallari yosh iqtidorlar boshqa jamoaga ketib qolishardi. Endi bu jarayon boshqacha kechadi. Fursatdan foydalanib, barchani Hayit ayyomi bilan tabriklayman, - deb so'zini yakunladi Bahrom Haydarov.

"Navbahor" matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика