So’nggi yangiliklar

17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2

Bahrom Haydarov: "Har bir o'yin uchun rejamiz bitta. AGMK bilan bahsda ham shunday bo'ladi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Har bir o'yin uchun rejamiz bitta. AGMK bilan bahsda ham shunday bo'ladi"

Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
2 ta to'p o'tkazib yuborganimiz alam qildi, lekin yigitlar o'zlarida kuch topib, yanada yaxshi harakat qilganliklari bois 1 ochkoga ega bo'ldik. O'tkazib yuborilgan gollarda kim xato qilgani va o'yinimizdagi umumiy xatolarimizni tahlil qilib ko'rib chiqamiz, shundan keyin bir xulosaga kelamiz.
Umumiy o'yinga kelsak, “Mashal” yaxshi jamoa va shunga monand harakat qildi. Biz qarshi hujumlarni o'tkazib yuboryapmiz, bu bo'yicha muammo bor. Buni alohida tahlil qilamiz.

Keyingi o'yin “Mashal”dan nisbatan kuchliroq bo'lgan AGMKga qarshi o'tadi. Keyingi o'yinga qanday rejalarni qo'llaysiz?
Har bir o'yin uchun rejamiz: faqat oldinga borish, ortga yo'l yo'q. Faqat yutishni o'ylashimiz kerak. AGMKning o'yinini o'rganib chiqib, bugundan tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Vaqt oralig'i ham oz. O'ylaymanki, AGMK eng kuchli jamolardan biri, shunday bo'lsa-da, qoniqarli natijadan umid qilamiz.

Alaeksandr Kasyanning jismoniy holati yaxshi emasligi ko'rindi. Bunga nima deya olasiz?
Albatta, 3 oy futbol o'ynamagani tasir ko'rsatgan, ular individual shug'ullangan. Jamoaviy tarzdagi mashg'ulotlarimiz 10 kun davom etdi, xolos. Futbolchilarning sport formasi qoniqarsiz bo'lishi tabiiy holat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика