So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bahrom Haydarov: "Gol urgan jamoa uchrashuvda g'alabani "ilib" ketardi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Gol urgan jamoa uchrashuvda g'alabani "ilib" ketardi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Surxon” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv haqida fikr bildirdi.




O'yin haqida

- Bugungi g'alaba bilan "Surxon" ishqibozlari hamda butun Surxondaryo ahlini tabriklayman. Og'ir o'yin bo'ldi. Jamoada olib borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. "Surxon" oldinga intilmoqda. Bugun uch ochko biz uchun juda muhim, ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q edi. Ko'zlangan natijaga erishdik. O'yindan-o'yinga futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda. Jamoaga bo'lgan etibor o'zgargani sababli ham natijalar yaxshilanmoqda. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgandi. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Gol urgan jamoa uchrashuvda g'alabani "ilib" ketardi, buni har bir bahsdan keyin takidlayapman. O'ylaymanki, bu oxirgi g'alabamiz emas. Oldinda uchta o'yinimiz bor, ularda ochko olib, yanada yuqorilashga harakat qilamiz.

- Jamoa yana olti kundan so'ng O'zbekiston kubogi chorak finalida "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yindan ko'zlangan maqsad qanaqa?

- Albatta, har bir o'yinda mag'lubiyat uchun maydonga tushmaymiz. "Bunyodkor" kuchli raqib. O'ylaymanki, biz keyingi bosqichga chiqa olsak, jamoa uchun yangi tarix yozgan bo'lamiz, shu bois g'alaba uchun harakat qilamiz.

- "Bunyodkor" bilan o'yindan besh kun o'tgach, "Nasaf"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Uchrashuv esa OFK kubogi munosabati bilan qoldirildi. "Surxon" uchun belgilangan kuni o'yin o'tkazgani yaxshimidi yoki qoldirganimi?

- Belgilangan kunda o'yin o'tkazganimiz yaxshi edi, sababi jamoa hozirda yaxshi formada. "Nasaf"ni finalga yo'l olgani bilan tabriklayman. Biz finalda ularga muxlislik qilamiz, g'alaba qozonishini istaymiz. Ular yurtimizga qaytib kelishgach, tayyorgarlik ko'rib, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика