So’nggi yangiliklar

23:30 Суперлига. "Андижон" – "Хоразм" 3:2   0 23:26БАА. "Бани Яс" "починни очди", "Дибба" пешқадамлардан биридан очко тортиб олди  0 23:10U-17 Жаҳон чемпионатида барча чорак финал якунланди ва ярим финал жуфтликлари аниқ бўлди  1 22:56Вадим Абрамов: "Бир қанча муаммолар бўлишини билардик, лекин муаммолар бунчалик кўп бўлишини кутмагандик"  0 22:38Баҳром Ҳайдаров: "Динамо" майдонида дуранг ўйнаш биз учун ғалабага тенг"  1 22:13Акмал Шораҳмедов: "Натижадан қониқдим, лекин ўйиндан эмас"  3 21:54"Милан" собиқ "қария"сини қайтармоқчи  2 21:19Ҳаким Фузайлов: "Учала голни ҳам ўзимизга ўзимиз олиб келдик"  2 21:16Суперлига. "Машъал" – "Навбаҳор" 0:0  3 20:54Отабек Нарзуллаев: "Агар вазиятлардан фойдаланганимизда 5:0 ё 6:0 ҳисобида ютган бўлардик"  0 20:34Шерзод Жўраев: "Мен ҳар доим бор маҳсулотдан унумли фойдаланишга ҳаракат қиламан"  1 20:14Суперлига. "Динамо" "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга кўтарилиш имкониятини бой берди  33 20:08Суперлига. "Андижон" муҳим ғалабага эришиб, хавфли ҳудуддан узоқлашди  19 19:50Ямаль: "Мухлисларнинг "Камп Ноу"да қўллаб-қувватлаши жамоа учун муҳим омил бўлади"  7 19:22"Нима бўлишининг фарқи йўқ, биз жаҳон чемпионатини ютиб бўлдик" ёхуд орзулар ороли энди мундиалда  0

Bahrom Haydarov: "Dinamo" maydonida durang o'ynash biz uchun g'alabaga teng" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Dinamo" maydonida durang o'ynash biz uchun g'alabaga teng"

Superliga 29-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Umumiy fikr bildiradigan bo'lsam, "Dinamo" jamoasini butun O'zbekiston biladi: ular barcha raqiblarga qarshi to'pni ushlab turib, kombinacion futbol namoyish qilishni yaxshi ko'radi va shunga mos o'yinchilari ham bor. Shu sababli biz zich himoyalanishimiz shart edi. O'ylaymanki, buni eplay oldik. Medallar uchun kurashayotgan "Dinamo" uchun bugun 3 ochko suv va havodek zarur edi. Ularda medallar hal bo'ladigan uchrashuvlar qolyapti. Shu sababli ular bu o'yinda katta bosim qilishini oldindan bilardik. Yigitlarga katta rahmat aytaman, ular bu bosimga chiday olishdi. "Dinamo"da ko'p vaziyatlar bo'ldi. G'alaba qozonsak ham bo'lardi-yu, lekin etakchi maydonida, ayniqsa, chiroyli o'yin ko'rsatadigan jamoaga qarshi safarda durang o'ynash biz uchun g'alabaga teng. Endi qolganlarini taxlil qilib chiqqandan keyin fikr bildirish mumkin. Biroq umuman olganda bir ochko olganimiz biz uchun yaxshi natija bo'ldi.

- Farg'ona Hokimi "Qo'qon-1912"ga kelasi yili medallar olish vazifasini qo'yganini o'qidik. Bu borada malumotingiz bormi? Kelasi yili jamoa kuchaytiriladimi?

- Uchrashuv bo'ldi. Biz Farg'ona bilan bir viloyat jamoasimiz. Kundan-kunga jamoalar o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda. Viloyat Hokimi bizga ishtiyoq berib, kelasi yili sovrinlar yutadigan jamoa tuzilishini, bu borada yordam berishini aytdi va vazifa qo'ydi. 2 yildan buyon biz rivojlanish jarayonidamiz. Etibor bergan bo'lsangiz, tarkibning katta qismi asosan Pro-ligada o'ynagan futbolchilar. Ularni sekinlik bilan kuchaytirib boryapmiz. Muxlislar ham mutaxassislar ham jamoamiz yuqoriga intilayotganini ko'ryapti deb o'ylayman. Futbol raqobatdan iborat. Agarda oldimizga vazifa qo'yilmasa ham biz kuchayishga, boshqalar bilan raqobat qilishga harakat qilamiz. Tarkibga yangi futbolchilarni olib kelamizmi yoki ushbu futbolchilarni kuchaytiramizmi, buni vaqt ko'rsatadi. Agarda bulardan kuchli futbolchilar topa olsak, ularni tarkibga jalb qilamiz. Vazifa har bir jamoada bor. Hozir biz vazifamizni to'liq bajarganimiz yo'q. Rasman "Qo'qon-1912" Superligada qoldi degan gapni o'qigandan keyingina bo'shashish mumkin. Ungacha bo'shashish yo'q.  Oldimizda "So'g'diyona" bilan o'yin kutib turibdi. Har bir jamoa 11talikka tushib olishga harakat qilmoqda. Shu sababli oldimizdagi bir o'yinga katta etibor qaratilgan. Baribir rejalar tuzib boryapmiz, ammo ko'p narsa o'sha o'yindan keyin hal bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
21 noy 22:47:15
Saidjahon
Бир гап чиккан эди МАН СИТИ хужайинлари Узбекистон жамоаларига кизикиш билдиряпти деб шу руйхатда Кукон 1912 жамоаси хам бор эди балки жамоа кейинги йилга шуни хисобига кучаяр
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика