Bahrom Haydarov: "Bugun ortga yo'limiz qolmagandi"
18 okt 2024 19:21
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Bugun ortga yo'limiz qolmagandi"
"Birinchi o'rinda g'alaba bilan futbolchilar, rahbariyat, muxlislarni tabriklayman. O'yinga kelsak, birinchi bo'limda "Buxoro"ning ochkolar borasida oldinda ekanligi malumligi uchun katta tavakkalga qo'l urmadi. Bizda ortga yo'l yo'q edi. Borimizni tashladik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yanada kuchaydi, vaziyatlar ko'paydi",- deydi Bahrom Haydarov.
- Odatda "Buxoro" ikkinchi bo'limda pressing qo'llardi. Bugun aksincha bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?
- To'g'risini aytsam, "Buxoro"ning o'yinini o'rganganimiz yo'q edi. Biz ko'proq o'z o'yinimizga etibor berdik. Raqib qanday o'ynashidan qatiy nazar pressing qilishimiz kerak edi. Durang qoniqtirmasdi. To'g'ri, 3 ta himoyachiga o'tdik. Ularning hujum chizig'i kuchli. SHu omil tayyorgarlikda kerak bo'ldi.
- Andro Giorgadze maydonga tushishi ham tavakkalchilikmi?
- Unda jarohat bor edi. Majbur bo'ldik, 0:0 vaqtda "Buxoro" ham oldinga o'tdi. Birinchi paslarni ushlash uchun uni maydonga tushirdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar