So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

Bahrom Haydarov: "Birinchi navbatda uzoq kutilgan g'alaba bilan barchani tabriklayman" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Birinchi navbatda uzoq kutilgan g'alaba bilan barchani tabriklayman"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Do'stlik" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda uzoq kutilgan g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bu g'alaba biz uchun juda kerak edi. Sababi uchta durangdan so'ng bizga bu uch ochko har tamonlama zarur edi. Futbolchilarni o'zlariga bo'lgan ishonchlarini qaytarib olishlari uchun ham bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Murabbiy futbolchilardan hech qachon o'yinidan qoniqish hosil qilmaydi, biroq bugungi o'yinda mehnat qilgan hech bir futbolchimga etirozim yo'q. 

Uchrashuvda ancha yirik hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq bugun jamoa himoyada "nolga" o'ynashga erishdik va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.

Bugungi bahsda raqib jamoani o'yini ham alohida takidlagan bo'lardim, "Do'stlik" jamoasi ham yaxshi shaklangan jamoa. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика