So’nggi yangiliklar

07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  1 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  3 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  1 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  8 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  12 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2

Bahrom Hakimov: "O'zbekiston tumaniga yana katta futbol qaytganligidan xursandmiz" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "O'zbekiston tumaniga yana katta futbol qaytganligidan xursandmiz"

“B” Pro-Liga 1-turidan o'rin olgan “Turon” - “Lokomotiv-BFK” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Hakimov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

Mana bugun Pro-Liga musobqalaridagi ilk uchrashuvimizga 5000ga yaqin futbol muxlislari tashrif buyurdi, birinchi navbatda ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bugungi o'yin dastlabkisi bo'lganligi tufayli, futbolchilarimizga maydonda o'z mahoratlarini to'liq ko'rsatishlariga bir oz to'sqinlik qildi. Har doim birinchi uchrashuvlar qiyin tarzda kechadi, o'yindan qoniqmagan bo'lsamda, natijadan xursand bo'lsa bo'ladi.

O'zbekiston tumaniga yana katta futbol uchrashuvlari qaytganligidan xursandmiz. Biz bugun qarshi hujumda o'ynamadik, o'yinimizni hujumkor taktikaga asoslangan xolda tashkil etdik. Tanaffusda shogirdlarimga raqib davrozasiga gol kiritib olishmiz haqida aytdim. Negaki gol ursak, raqiblarimiz hujumga o'tadi va qarshi hujumda bizga ochiq xududlar paydo bo'lar edi.

Keyingi turda SHahrixoning “Rash-milk” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz, bu uchrashuvga ham xuddi avvalgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Bu jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushganmiz, umuman olganda ular bizni, biz ham ularni yaxshi bilamiz.

Bugungi uchrashuv uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman – deydi Bahrom Hakimov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика