So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

Bahrom Hakimov: “Nasaf” g'alaba qozonib, tug'ilgan kunimga sovg'a qilsa xursand bo'lardim” Yangiliklar

Bahrom Hakimov: “Nasaf” g'alaba qozonib, tug'ilgan kunimga sovg'a qilsa xursand bo'lardim”

Malumki, yana bir necha soatlardan so'ng Qarshida “Nasaf” – “Traktorsoziy” uchrashuvi start oladi.
OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan mazkur o'yindan oldin “ajdarlar”ning sobiq murabbiyi Bahrom Hakimovni “bezovta” qildik. Buni qarangki, xursandchilik ustiga qo'ng'iroq qilgan ekanmiz. Boisi Bahrom Mamajonovich bugun o'zining qutlug' 60 yoshini qarshi olmoqda. Mutaxassisni tabriklagan xolda, bo'lajak bahs oldidan fikrlarini bilishga qiziqdik.

- “Yaqinda Qarshiga rahmatli Nuriddin aka Zaynievning fotixasiga borganimda, “Nasaf”dagilar bilan ham uchrashib gaplashgandik. SHunda OCHLdagi birinchi o'yin oson bo'lmasligini aytgandim. O'z muxlislaring qarshisida ilk uchrashuv katta bosim ostida o'tadi. CHunki faqat g'alaba qozonish talab etiladi. Bugun “Nasaf”dan albatta g'alaba kutyapman. Futbolchilar g'alaba qozonib, tug'ilgan kunimga sovg'a qilishsa xursand bo'lardim (kuladi)” – deya gap boshladi Hakimov.

- “Traktorsoziy” haqida ochig'i etarlicha malumotga ega emasman. Lekin ular ham safardan ijobiy natija bilan qaytishga urinadi. Bundan tashqari “Nasaf”ning ham bugungi kundagi o'yini haqida tasavvurga ega emasman. Mavsumlar oralig'ida 2-3ta o'yinchi olganidan xabarim bor. Hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Oleksandr Koblashni olishdi. Menimcha bu yaxshi transfer bo'ldi. Sababi oldingi chiziqdagi raqobatni kuchaytirish talab etilardi. Xullas shaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, bugun “Nasaf” bitta to'p evaziga g'alaba qozonadi.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика