Bahriddin Vahobovga Hindiston, Tailand va Malayziya jamoalaridan takliflar bor
09 dek 2015 11:19
Yangiliklar
Bahriddin Vahobovga Hindiston, Tailand va Malayziya jamoalaridan takliflar bor
"Qizilqum" hujumchisi Bahriddin Vahobov keyingi yil chet el klubida o'ynashi mumkin.
"Futbol Ekspress" gazetasi xabariga ko'ra futbolchiga Osiyoning bir qator mamlakatlari klublaridan taklif bor.
"Ha, menga Hindiston, Tailand va Malayziya jamoalaridan takliflar bor. Bu borada agentlar menga aytib o'tishdi. Albatta, bunday chorlovlarga befarq emasman. Lekin men tayyor shartnomaga qo'l qo'yish uchun boraman, ko'rikdan o'tish uchun emas. Bu mening talabimdir. O'zimizdan ham takliflar yo'q emas. "Qizilqum" bilan shartnomam tugagan bo'lsa ham hali bu jamoani to'liq tark etganim yo'q. Ular bilan ham albatta gaplashaman. Tez orada barcha masalaga oydinlik kiritamiz", - deydi Vahobov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar