Bahriddin Vahobov: “Qizilqum” hali o'z so'zini aytadi”
30 iyu 2016 13:00
Yangiliklar
Bahriddin Vahobov: “Qizilqum” hali o'z so'zini aytadi”
O'yindan so'ng, navoiyliklar hujumchisi Bahriddin Vahobov o'z fikrlarini bildirdi.
- Aslida har bir uchrashuvning o'z vaqtida bo'lgani yaxshi, - dedi Bahriddin Vahobov. - Endi buning ahamiyati yo'q. Davralar oralig'ida mavsumning ikkinchi yarmiga ko'ngildagidek hozirlik ko'rdik. Tarkibga yangi o'yinchilar qo'shildi. Raqibimiz bejizga Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashmayapti. CHempionatimizda ham ishlari chakki emas. SHunga qaramay ularga qarshi hujumkor tarkibda maydonga tushdik. Ammo shu kuni himoya chizig'imizdagi ayrim muammolar yakunda natijaga salbiy tasir qildi. Agar jamoadoshlarim Alisher Yusupov hamda Hamza Karimovlarda jarohat bo'lmaganida hisob boshqacha ham bo'lishi mumkin edi, deb o'ylayman.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Fikrlar