So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  125 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Bahriddin Omonov: “Mashal”dan kelgan futbolchilarga “Mashal” oylik to'layapti” Yangiliklar

Bahriddin Omonov: “Mashal”dan kelgan futbolchilarga “Mashal” oylik to'layapti”

Hademay birinchi liganing ikkinchi bosqchi o'yinlari boshlanadi. Biz imkon qadar oliy liga klublari qatori birinchi liga jamoalariga oid xabarlarni ham berib boryapmiz.
Bizga malum bo'lishicha, kuchli sakkizlikdan joy olgan Kosonning “Alanga” jamoasi ikkinchi bosqich uchun hali tayyorgarlikni boshlamabdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Dilshod Andaevdan so'rab bildik. Keyin esa jamoa boshlig'i Bahriddin Omonovga murojaat qilib, klubdagi vaziyatga oydinlik kiritdik.   

- Bahriddin aka, “Alanga” oldindan rejalashtirilganidek, 21 iyuldan yig'inni boshlashi kerak ekan. Lekin futbolchilar hamon to'planmagani haqida malumotlar bor. Ayting-chi, mashg'ulotlarning kechikishiga nima sabab bo'ldi?

- Ha, yig'inimiz biroz muddatga kechikkani rost. Bilasizmi, klubda o'ziga yarasha moliyaviy muammolar bor edi. SHu bois yigitlarni vaqtida yig'ishni imkoni bo'lmadi. Xudoga shukur, kecha hammasini ijobiy tomonga hal etdik. Nasib qilsa, bugundan Muborakda yig'ilamiz. U erda ikki kun mashg'ulot o'tkazib, 29 iyuldan SHahrisabzga, yani “Mashal”ning o'quv mashg'ulot bazasiga yo'l olamiz. Ikkinchi bosqich startiga qadar deyarli o'sha erda bo'lamiz.

- Yuzaga kelgan moliyaviy muammolardan keyin jamoaning ayrim o'yinchilari boshqa klubga o'tish ilinjida yurishgan ekan. Futbolchilarni olib qolish uchun qandaydir choralar ko'rilmoqdami?

- Yo'q, hozircha hech qaysi futbolchimiz rasman ketgani yo'q. Faqat Oybek Polvonov bugungi kunda “Mashal”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. SHahboz Ahmedov bilan Rustam Jo'raev esa o'z istagiga ko'ra ikkinchi liga jamoasiga o'tdi. Ularni o'rniga “Surxon”ning ikki nafar o'yinchisi keladigan bo'lib turibdi. Bundan tashqari “Mashal” ham 2-3 nafar futbolchisini beradi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertaga ixtiyorimizga etib keladi.

 - Jamoaning bosh homiysi kim?

- Muborak gazni qayta ishlash zavodi bizni otaliqqa olgan. Bu zavod “Mashal”ning ham homiysi sanaladi. SHu bois zavod bu klubga ham 20 foiz pul o'tkazadi.

- Bosh murabbiy Dilshod Andaev bilan suhbatlashganimizda, oylik va mukofot pullari berilmayotganini takidladi. Bu muammo qachon bartaraf etiladi?

- Ha, bitta oylikdan qarzdorlik qolgan. Keyin 7ta o'yinni mukofot pullarini berishimiz kerak.

- Aytishlaricha, bitta oylik emas, balki bir necha oylik maoshlar berilmagan...

- Yo'q, faqat 2ta oylik va 7ta o'yinni mukofot puli qolgan xolos. Bilasizmi, ayni paytda jamoamizda to'p surayotgan “Mashal” futbolchilari va bosh murabbiy, jamoa shifokori hamda mamuri o'zaro kelishuvimizga ko'ra bizdan emas, balki “Mashal”dan maosh olishi kerak. “Alanga” esa o'zining 9ta futbolchisiga pul to'laydi.

- “Alanga” uchun ishlayotganlarga nega endi “Mashal” oylik to'lashi kerakligini qanday tushunish mumkin?

- Ha, biz “Mashal” bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yganmiz. SHu bois huquqiy jihatdan Muborak jamoasiga tegishli va bugungi kunda “Alanga” safida to'p surayotgan futbolchilarga oylik maoshlarini “Mashal” to'laydigan bo'lgan. Biz faqatgina mukofot pulini to'liq to'laymiz xolos. Futbolchilar oyligini “Mashal” bilan kelishib oladi.

- Aynan qaysi futbolchilar “Mashal”dan haq olishini aytib bera olasizmi?

- Hozir oldimda futbolchilar yo'qligi bois, nomma-nom ayta olmayman. Lekin shunisi aniqki 14 futbolchi, bosh murabbiy, shifokor, mamur va bazadagi oshpazlar “Mashal”ning o'zidan haq oladi. Qolgan 8 nafar jamoamizning o'tgan yilgi azolariga “Alanga” maosh to'laydi. Bu futbolchilardan oylik borasida qarzdorlik yo'q. Faqat 8ta o'yinning mukofot puli qolgan.

- Bitta o'yindagi g'alaba uchun mukofot puli qanchani tashkil etadi?

- Bizning mukofot pulimiz o'rtacha 200 000 so'mni tashkil etadi. Murabbiy bilan maslahatlashgan holda, futbolchilarning maydonda qanday harakat qilgani va necha foiz to'p surganiga qarab, turli xil summada o'yinchilarni mukofotlaymiz.

- Bundan kelib chiqadiki, “Alanga” “Mashal”ning farm-klubi. SHundaymi?

- Yo'q, qonuniy jihatdan biz mustaqil jamoamiz. Alohida o'z yo'nalishimiz bor. Faqat boya aytganimdek, “Mashal” bilan o'zaro kelishuvimizga ko'ra hamkorlikni yo'lga qo'yganmiz.

- Bundan “Alanga” qanday foyda ko'rmoqda?

- “Mashal” bilan hamkorlik qilish bizga birinchi navbatda moliyaviy tomondan foyda keltiradi. Qolaversa “Mashal”ning murabbiyi va ko'plab futbolchilari bu yil “Alanga”da faoliyat yuritmoqda. SHu bois bu jamoa bizga moddiy jihatdan yordam berib kelmoqda. Zarurat tug'ilsa “Mashal” jamoamiz uchun avtobus va baza borasida ham yordam beradi.

- Demak, “Mashal” bilan 70x30 ko'rinishda ishlayapsizlar ekan-da?

- Ha, shunday desa bo'ladi.

- Unday bo'lsa, Muborak jamoasi bergan futbolchilarni o'ynatishga majbur ekansizlar-da. Demoqchimizki, o'z qarashlaringga to'g'ri keladigan o'yinchilar ikkinchi darajaga tushib qolar ekan-da?

- Yo'q, jamoada kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynaydi. Bu borada ularni ajratib o'tirmaymiz. Hozir “Mashal” bergan o'yinchilar bizning ishonchimizni oqlamoqda. SHu bois chetdan futbolchi olib kelishga extiyoj sezmayapmiz. “Mashal”dan kelgan futbolchilar o'z oylik maoshlarini tegishli jamoasidan olishadi. Bu biz uchun albatta foydalidir.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика