So’nggi yangiliklar

22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  2 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  10 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13

Bahrayn bilan navbatdagi to'qnashuv Yangiliklar

Bahrayn bilan navbatdagi to'qnashuv

O'zbekiston milliy terma jamoasi 8 oktyabr kuni Manama shahrida Bahraynga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

Terma jamoamiz shu kunga qadar Bahrayn bilan 10 marta to'qnash kelgan. Dastlabki uchrashuv 2001 yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan. "Merdeka kubogi" o'rtoqlik turniri doirasida Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi arablarni 2:0 hisobida taslim qilgan. O'shanda Bahodir Seyitkamolov 89 va 90-daqiqalarda raqib darvozasiga gol urgan. O'sha uchrashuvda maydonga tushgan Anvar Soliev va Leonid Koshelev hamon futbol o'ynashmoqda.



Bahraynga qarshi kechgan navbatdagi o'yinlar jamoamiz uchun juda ham alamli bo'lgan. 2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi chorak finalida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston Bahrayn bilan to'qnash kelgan. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida 2:2 hisobi qayd etilgan. Aleksandr Geynrix va Vladimir SHishelov bizdan gol urishgandi. Penaltilar seriyasida Evgeniy Safonov Muhammad Jumaning zarbasini qaytargandi. Biroq Marat Bikmaev va Leonid Koshelevning noaniq zarbalari tufayli jamoamiz musobaqani tark etgandi. O'sha o'yinda ishtirok etgan Server Jeparov va Marat Bikmaev 8 oktyabr kuni Bahraynga qarshi o'ynashlari mumkin.



2005 yil 3 sentyabr...Toshimicu Yoshida...Yodingizga tushdimi? Ha o'sha avval o'tkazilib keyinchalik FIFA tomonidan bekor qilingan o'yin Bahraynga qarshi bo'lib o'tgandi. Uchrashuvda Mirjalol Qosimov hisobni ochgan, 39-daqiqada Server Jeparov penalti tepib hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirgandi...SHu lahzada Yoshida futbolchilarimiz jarima maydoniga zarbadan avval kirib ketishgani uchun penaltidan urilgan golni bekor qilib bahraynliklar erkin zarba berishlarini ko'rsatgandi. O'yin oxirigacha o'tkazilgan va 1:0 hisobi qayd etilgandi. Jamoamiz Manamaga uchib borganida FIFA o'yin natijasi bekor qilinganini va Toshkentdagi bahs bir oydan so'ng bo'lib o'tishi haqida qaror chiqargandi. FIFA ushbu o'yinning natijasini bekor qilgani uchun o'zaro o'yinlar statistikaga qo'shilmaydi.

Bir oydan so'ng Toshkentda jamoalar yana o'yin o'tkazishgan. Bu safar Talal Yusuf hisobni ochgan, Maksim SHackix bunga javob bergandi - 1:1. Bahraynda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida hisob ochilmagan va arablar safardagi gol evaziga qitalararo pley-off bosqichiga yo'llanma olishgandi. Mana shu ikki o'yinda O'zbekistonni angliyalik Bob Xougton boshqargandi.



Bahrayn bilan JCH-2010 saralashida ham ikki bor to'qnash kelgandik. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz Milan Machala ustozligidagi jamoani Toshkentda qabul qilib 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandi. O'sha mashhur Mahmud Abdulrahmonning 90+4-daqiqada jarimadan urgan goli...va Nesterovning alamli ko'z yoshlari...

Manamadagi bahsda ham bitta gol urilgan. Qizig'i uni ham Mahmud Abdulrahmon Nesterov darvozasiga urgandi - 1:0. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng terma jamoamizning JARdagi mundialga bora olmasligi oydinlashgandi.


Navbatdagi uchta o'yin esa o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tgan.

2011 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2010 yil oktyabr oyida Manamada Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan. Jamoamiz o'shanda o'z tarixida ikkinchi bor bu jamoani taslim qilgandi. Olim Navkarov, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov va Maksim SHackix tomonidan urilgan gollarga arablar faqat ikki bor javob bera olishgandi xolos - 2:4.

Bu jamoalar o'sha yilning dekabr oyi so'nggida ham Dubayda o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan Aleksandr Geynrixning goliga bahraynlik Salmon Isa so'nggi daqiqalarda javob bergandi - 1:1.


Bahraynga qarshi o'tgan oxirgi o'yin 2014 yil oktyabr oyiga to'g'ri keladi. Avstraliyadagi qita chempionatiga tayyorgarlik doirasida Bahrayn bilan o'ynaganmiz. Uchrashuvda hisob ochilmay qolgan - 0:0. Bu o'yinda jamoamizni Mirjalol Qosimov boshqargandi.

Demak shu kunga qadar O'zbekiston va Bahrayn jami 9 marta o'ynagan (bitta o'yin natijasi bekor qilingan). Ikki marta O'zbekiston, ikki marta Bahrayn g'alaba qozongan. Qolgan 5ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmay qolgan. To'plar nisbati 10:8, ustunlik O'zbekiston tomonida.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика