So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Bahodir Qo'chqorov: "Ermatov va Rasulovni O'zbekiston hukumati taqdirladi, men esa ijarada yashayapman" Yangiliklar

Bahodir Qo'chqorov: "Ermatov va Rasulovni O'zbekiston hukumati taqdirladi, men esa ijarada yashayapman"

Qirg'izistonlik qanot hakami Bahodir Qo'chqorov bilan uyushtirilgan qisqacha intervyuning o'zbek tilidagi ko'rinishini taqdim etamiz.
- Ushbu muvaffaqiyat bilan chin ko'ngildan muborakbod etamiz...
- Bunday muvaffaqiyatga bitta men emas, bizning inoq brigadamiz - men, Ravshan Ermatov va Abdulxamidullo Rasulovlar erishdik. Ushbu muvaffaqiyatda mening ham xizmatim borligi hursand qilmasdan qolmaydi. FIFA mutaxassislarining baxolashicha, men 4 ta o'yinda 16 ta o'yindan tashqari holatni bexato qayd etibman. Nokamtarinlik bo'lmasin, bu ajoyib ko'rsatkich.

- Sizni uyda qanday kutib olishdi?
- Oddiy insonlar mening muvaffaqiyatlarimdan hursand bo'lishdi. Muxlislar va jurnalistlar hattoki bu borada turli hil tanlovlar tashkil qilishdi. Judayam yoqimli. Tepadagilar esa... Bu haqida gapirishni istamayman.

-Odamlar zamonaviy futbolning eng yaxshi qanot hakamlari haqida haqiqatni bilishlari zarur.
-Bazida amaldorlarni tushuna olmayman. Ikkita JCHda ishlagan, Olimpiadada ishtirok etgan, o'z yo'nalishida katta muvaffaqiyatlarga erishgan odamga birgina uy ajratib bera olishmadi.

Ermatov va Rasulovga O'zbekiston hukumati tomonidan avtomobillar, turli hil hukumat ordenlari topshirildi. Menga esa JCH-2010dan so'ng birgina fahriy yorliq...
Men vatanparvarman. 4 yil oldin JARdaligimda O'shda qanday voqealar bo'lib o'tganini barcha biladi. Lekin, o'shanda o'zimni qo'lga olib, ishimni sitqidildan bajarganman. O'sha paytagi voqealar sababli uyim yashash uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan. Ayni paytda Bishkekda ijarada turibman.
SHu yil yakunida hakamlik faoliyatimni yakunlayman va yosh hakamlarga o'z tajribamni o'rtoqlashaman. Ayni paytda ham Qirg'iziston futbol federaciyasining yosh hakamlar maktabida faoliyat olib bormoqdaman. Bundan tashqari meni Qozog'iston, O'zbekiston va Rossiyaga ishga taklif qilishmoqda. Agar mexnatimga etarlicha baxo bera olmasalar, vatanimni tark etishga to'g'ri keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика