So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Bahodir Pardaev: "Bosh murabbiy bilan munosabatimiz yaxshi emas" Yangiliklar

Bahodir Pardaev: "Bosh murabbiy bilan munosabatimiz yaxshi emas"

Teglar :  FutbolPardaevKoreya
Faoliyatini Janubiy Koreya K League Challenge divizionida davom ettirayotgan Bahodir Pardaevning ishlari uncha ham yaxshi emas.

Mavsum avvalida Bucheon 1995 bilan shartnoma tuzgan hujumchi bir necha uchrashuvki, maydonga tushmayapti. Bahodir bu orada yurtimizga qaytish haqida ham o'yladi va unga sobiq jamoasi - Qo'qon-1912dan taklif tushdi. 

Biroq bazi sabablarga ko'ra, qaytish amalga oshmadi. Balki Pardaev va koreys klubi bosh murabbiyi o'rtasida tushunmovchilik bordir. Ayni shu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hamon Bucheon 1995 hujumchisi sanalayotgan hamyurtimiz bilan aloqa o'rnatib, undan intervyu oldik.

- Bahodir, maydonga tushmay qolganingiz aynan nima bilan bog'liq?

- Afsuski, ayni payt o'yin amaliyotiga ega emasman. Aslida boshida hammasi yaxshi edi. Lekin kutilmagan jarohat barchasini o'zgartirib yubordi. Vaholanki, jarohat oddiy bo'lib, atigi bir haftacha shug'ullanolmadim.

Biroq safga qaytishim bilan munosabat o'zgardi va bosh murabbiy haligacha maydonga tushirmayapti. Negaligini o'zim ham tushunolmayapman.

Menimcha, koreyalik agentimning bosh murabbiyi bilan urishib qolgani qimmatga tushdi. Aynan shu agent vositachiligida Bucheon 1995 safiga qo'shilgandim. Endi u tufayli qiyin vaziyatga tushib qoldim.

- Nima, bu masalada bosh murabbiyning o'zi bilan gaplashib ko'rmadingizmi?

- SHunday qilishni xohlardim, ammo u bilan qaysi tilda gaplashaman? Tarjimon yo'q. Keyin murabbiyga nima deyman? Axir uni nega maydonga tushirmayotgani xususida so'roqqa tutolmayman-ku. Yaxshisi, sabr qilganim maqul.

- O'zi qanchadan buyon maydonga tushmayapsiz?

- Kamida 12ta o'yinni zaxirada navbat kutib o'tkazdim. Hozirgi bosh murabbiy ishlashda davom etar ekan, Bucheon 1995da o'ynamasam kerak...


- Agent huquqingizni himoya qilmayaptimi? Har holda, sizni klubga joylashtirgani uchun haq olgandir...

- To'g'risi, o'sha agentni sira topolmayapman - bedarak yo'qolgan. Baxtimga, Farrux ismli agentni uchratdim va shu o'zbek yigiti yordam beryapti. Yana nima ham qila olardim? Klub bilan amalda shartnomam bor va o'zimcha ketolmayman.

Xullas, sabr bilan kutishdan o'zga choram yo'q. Ha, FIFAga shikoyat yozishni o'yladim. Lekin bundan naf chiqishiga ishonmay, yana ozgina kutishga qaror qildim.

- Jamoa hujum chizig'ida raqobat qanday? Balki raqobatda yutqazayotgandirsiz...

- Yo'q, ochiq aytaman, hujumchilardan hech biri mahorat bobida mendan ustun emas. Qolaversa, raqobatdan sira qochmayman. Bu erda umuman boshqa masala bor. Yuqorida aytganimdek, hamma gap bosh murabbiyda.

- Xo'sh, vaziyat o'zgarishiga ishonch bormi?

- Balki umumiy holat ijobiy tomonga o'zgarib qolar - umid shu.

- Oldinroq O'zbekiston chempionatiga qaytishingiz haqida xabarlar tarqalgandi...

- Ha, shunga harakat qilib ko'rdim. CHunki takliflar ham bor edi. Lekin urinishlarim besamar ketdi. Yani koreys klubi rahbariyati qo'yib yubormadi. Endi shartnomam muddati yakuniga etishini kutaman, shekilli.

- Avvalgi jamoangiz Qo'qon-1912 bosh murabbiyi No'mon Hasanov sizni yana o'z shogirdlari qatorida ko'rishga qarshi emasligini aytgandi. U bilan bu masalada gaplashdingizmi?

- Qo'qon-1912dan ketayotganimda, No'mon aka huzuriga chaqirib, jamoa eshiklari men uchun har doim ochiqligi va bemalol qaytishim mumkinligini takidlagandi. U aniq taklif bilan ham chiqdi. Bundan tashqari, oliy liganing boshqa jamoalaridan ham chorlovlar oldim. Ammo Bucheon 1995 bilan tuzilgan shartnoma tufayli ularni qabul qilolmadim.

- Hozirgi holatni nazarda tutsak, Janubiy Koreyaga yo'l olganingizdan afsuslanmayapsizmi?

- Ochig'i, bu erga kelish qarori xato emasdi. Harqalay, Janubiy Koreya chempionatida o'ynash - o'ziga xos tajriba. Mana, ozmi-ko'p maydonga tushdim, buning uchun shukr qilaman. 


- Bucheon 1995ning chempionatdagi ishlari qanday?

- Jamoa natijalari chakki emas. Tanaffus chog'i tarkibga 3 nafar yangi futbolchi qo'shildi. Ulardan biri Braziliyadan, ikkisi mahalliy futbolchi. Demak, ikkinchi davra ham yomon o'tmasa kerak.

- Bucheon 1995 bilan shartnomangiz qachon yakunlanadi?

- Kelishuvimiz 31 dekabrgacha mo'ljallangan.

- Mana, JCH-2018 uchinchi saralash bosqichining hal qiluvchi o'yinlari yaqinlashmoqda. Janubiy Koreyada bo'lajak bahslar nechog'li muhokama qilinyapti?

- Albatta, muhokama bo'layotgani aniq. Biroq koreys tilini bilmasligim tufayli aniq malumot berolmayman. 

- Janubiy Koreyada to'p surayotgan Bahodir Nasimov bilan ham gaplashib turibsizmi?

- Ha, albatta. Bahodir ham jiddiy jarohat sabab ancha qiynaldi. Hozir jarohatdan forig' bo'lib, mashg'ulotlarda astoydil ishlayapti. Fursatdan foydalanib, do'stimga omad tilayman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика