Bahodir Nasimov: "Qozog'iston chempionatidan ham takliflar bo'lmoqda"
11 jan 2016 10:30
Yangiliklar


Bahodir Nasimov: "Qozog'iston chempionatidan ham takliflar bo'lmoqda"
- O'rtoqlik o'yinlarida gol urish unchalik katta ahamiyatga ega emas. Asosiysi - rasmiy bahslarda to'p kiritish. Bugungi uchrashuvda dubl qayd etganim hech nimani anglatmaydi. Nazorat bahslari orqali murabbiylar futbolchilarni imkoniyatlarini ko'rib olishadi va bu kabi uchrashuvlar rasmiy o'yinlar uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. "Bunyodkor"dagi futbolchilar bilan til topishish qiyin bo'lmayapti. Bu erdagi ko'pchilik futbolchilar bilan avvaldan tanishmiz. Bu borada muammo yo'q. Jamoa bilan hali rasman shartnoma imzolaganim yo'q. Bu haqida klub vakillari gapirishmoqda. Agarda kelisha olsak, tez orada shartnoma imzolashimiz mumkin. Buyog'ini klub rahbariyati hal etadi. SHuningdek yana bir qator jamoalardan takliflar tushmoqda. Qozog'iston chempionati jamoasidan ham taklif bo'lmoqda. Xudo xohlasa buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar