So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  12 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Bahodir Nasimov: “Qaysi hujumchilarimiz haqida gapiray?” Yangiliklar

Bahodir Nasimov: “Qaysi hujumchilarimiz haqida gapiray?”

O'tgan yili Toshkentning “Bunyodkor” klubida to'p tepgan Bahodir Nasimov ayni damda Janubiy Koreya chempionatining birinchi liga bahslarida ishtirok etuvchi “Ansan Griners” klubida faoliyat olib bormoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialga chiqishga yaqin turibdi. Vakillarimiz oldinda turgan ikkita uchrashuvda 100 foizlik natija qayd eta olsa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bir paytlar Bahodir Nasimov milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilganidan barchaning xabari bor. Nasimov bilan faoliyati va milliy terma jamoamiz haqida suhbatlashdik.


-  Ayni damda Janubiya Koreyaning “Ansan Griners” jamoasida faoliyatingizni davom ettiryapsiz. J. Koreya chempionati va jamoangiz haqida gapirib bersangiz.

-  Men faoliyat olib borayotgan jamoa yangi tashkil etilgan. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Hozircha jamoada hech qanday o'zgarishlar yo'q. Ayni damda musobaqa jadvalida sakkizinchi pog'onada boryapmiz.

-  Bu yil yuqori ligaga chiqish uchun klub rahbariyatm jamoa oldiga vazifa qo'yganmi?

-  Jamoa bu yil tashkil qilingani uchun oldimizga bunday vazifa qo'yilmagan. Bu yil klub rahbariyati jamoani shakillantirib kelasa yili jiddiy vazifa qo'ysa kerak.

-  U erdagi taomlari qanday ekan?

-  Birinchi kelganim taom masalasida biroz qiyinchilik bo'ldi. lekin bu erning taomlarini istemol qilsangiz juda katta foydasi bor ekan. Inson organizimini baquvvat qilar ekan. ortiqcha vazn degan narsa umuman yo'q.


-  Koreys taomlarini tanavvul qilib turibsizmi?

-  Bu erda dengiz maxsulotlar ko'p. O'zim dengiz maxsulotlaridan tayyorlangan taomlarni yaxshi ko'raman. Krevetka, baliqdan tayyorlangan taomlarni ko'proq istemol qilaman. Taomlari juda ham ko'p. To'g'risi, ularning nomlanishi esimda yo'q.

-  Futbolchilar va murabbiylar bilan tezda chiqishib keta oldizmi?

-  Qaerda to'p tepgan bo'lsam barcha futbolchilar bilan tez til topishib ketganman. Xazil-xuzil qilib jamoadagi barcha bilan tez til topishib olaman. Jamoaga kelganingizdan keyin darhol kirishib ketmasangiz bo'lmaydi.

-  Futbolchilar va murabbiylar bilan suhbatlashish uchun til borasida muammolar bo'lmadimi?

-  Hozircha bu borada hech qanday muammo yo'q. Ingliz tilini u darajada yaxshi gaplasha olmasamda oz-moz gaplarini tushunaman. Ayni damda koreys tilini o'rganyapman. Ingiliz tiliga qaraganda koreys tili oson ekan. Menimcha 2 yil mukammal darajada o'rgansam bemalol gaplasha olaman.

-  Jamoadoshlaringizga o'zbekcha milliy taom tayyorlab berdingizmi?

-  5-6 nafar jamoadoshimni Koreyadagi o'zbek oshxonasiga olib borgan edim. Oilam oldimga kelishganiga ko'p bo'lmadi. Yaqin kunlarda butun boshli jamoani uyimga taklif qilaman va ularga o'zbek milliy taomlarini tayyorlatib beraman.

-  Koreya xalqi futbolga qanday muxlislik qilishadi?

-  U erdagi muxlislar o'zining sevimli jamoasini juda ham ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlaydi. Misol uchun bizning jamoani ishqibozlari, har bir futbolchini alohida qo'llab turadi. Xattoki bayroqlarimizni stadionning tribunasiga osib qo'yadi.


-  Koreya chempionati biznikidan kuchlimi?

-  Albatta kuchli, agarda chempionat kuchli bo'lmaganda birinchi liga jamoalaridan milliy terma jamoaga 5-6 nafar futbolchini chaqirmasdi. Men oliy ligasi haqida gapirmayapman. Birinchi liga haqida gapiryapman. Janubiy Koreyada futbol birinchi raqamli sport turi bo'lmasa ham televideniya birinchi liganing barcha o'yinlarini namoyish etadi. Xattoki ikkinchi liga uchrashuvlarini ham namoyish etadi.

-  Anchadan beri Koreya chempionatida to'p tepyabsiz. yurtimizni sog'indingizmi?

-  Albatta, juda ham sog'indim. Boshqa mamlakat chempionatida faoliyat olib borganimda O'zbekistonga tez-tez borib kelar edim. Bu erda chempionat davralar oralig'ida u deyarli tanaffus bo'lmas ekan. Nasib qilsa oktyabrda boraman. Qanday qilib vatanini sog'inmaslik mumkin?  

-  Yaqin kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o'yinlar oldidan qanday fikr bildirasiz?

-  Albatta, milliy terma jamoamiz oldida 2ta juda ham muhim bo'lgan uchrashuv turibdi. Meni fikrimcha bu yil biz albatta mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

-  Xitoy terma jamoasi haqida qanday fikr bildirasiz, ular kuchlimi?

-  Yoz oyining so'nggi kunida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Meni fikrimcha Xitoy u darajada bizdan kuchli emas. Murabbiyi kuchli bo'lgani bilan futbolchilari kuchli degani emas. Terma jamoamiz futbolchilari borini berib maydonda harakat qilishsa Xitoy terma jamoasini albatta mag'lub etamiz. Futbolchilarimiz axil bo'lib, bir-birini qo'llab-quvvatlasa kerakli bo'lgan natijaga erishamiz. Xitoy terma jamoasini taniqli mutaxassis Marchello Lippi boshqarmoqda. To'g'ri, g'alaba qozonish qiyin bo'lishi aniq. Bizning yigitlarimiz Xitoy terma jamoasidan kuchli. Futbolchilarimiz raqiblaridan kuchli ekanligini maydonda ko'rsatsa albatta mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

-  Janubiy Koreya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

-  Janubiy Koreya terma jamoasida oldingi Koreya emas. Hozirgi “osiyo yo'lbarslari” avvalgisidan kuchli emas. CHunki himoya va darvoza chizig'i u darajada kuchli o'yin ko'rsatmayapti. Hujum va yarim himoya chizig'i yaxshi holatda. Janubiy Koreya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib boryapman. Ayni damda “osiyo yo'lbarslari”da birinchi o'rinda darvozada muammo bor.


-  SHou-biznes vakillari terma jamoamiz futbolchilarini qo'llab-quvvatlash maqsadida intervyular berishmoqda. Bunga qanday qarqaysiz, bu narsa futbolchilarimiz uchun kuch bera oladimi?

-  Albatta, har birini kuzatib boryapman. Bu narsa yaxshi, chunki muhim bo'lgan o'yinlar oldidan futbolchilarimizga o'zgacha kuch taqdim etadi. Nasib qilsa O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqadi.

-  Terma jamoaning sobiq futbolchisi sifatida hozirgi hujumchilarimiz haqida qanday fikr bildirasiz? Siz ham hujumchisiz.

-  Qaysi hujumchilarimiz haqida gapiray? Milliy terma jamoada faqat bitta hujumchi to'p tepsa Igor Sergeev. Boshida Sergeev terma jamoaga jalb qilinganida raqiblar darvozasini ishg'ol qilayotgan edi. Sergeev gol urishdan to'xtab qolgandan keyin hamma uni tanqid qilishni boshladi. Bu futbol. Futbolchining bir safar o'yini o'xshaydi boshqa safar o'xshamay qoladi. Meni fikrimcha murabbiy boshqa hujumchilarni ham sinab ko'rishi kerak. Hujumchi gol ura olmayaptimi, demak boshqa hujumchilarni chaqirish kerak. Tashkil qilinayotgan yig'inlarda 1-2 nafar hujumchini chaqirmaslik kerak. Kamida 5-6 nafar hujumchilarni terma jamoa yig'iniga jalb qilib ularni sinab ko'rishi kerak. Hozirgi paytda qaysi hujumchi tayyor bo'lsa o'shani maydonga tushirish kerak, deb o'ylayman.


-  Milliy terma jamoada faqat bitta hujumchi bor deyapsiz. Lekin yig'inga Marat Bikmaev va Aleksandr Geynrix ham taklif qilinmoqda...

-  Ochig'ini aytsam Marat Bikmaev milliy terma jamoada yarim himoya chizig'ida to'p tepmoqda. "Lokomotiv" tarkibida emas hujum chizig'ida harakat qilmoqda. Aleksandr Geynrixga keladigan bo'lsak, ushbu futbolchi o'z klubida kam maydonga tushmoqda. SHuning uchun ham murabbiy unga ko'pam imkoniyat bermayapti.

-  Demak bosh murabbiy futbolchilarni to'g'ri poziciyaga qo'ymayapti demoqchimisiz?

-  Barcha ko'rib turipti Marat Bikmaev o'z klubida hujum chizig'ida harakat qilmoqda va raqiblar darvozasini ishg'ol qilib kelmoqda. SHu futbolchini hujum chizig'iga qo'yish kerak, deb o'ylayman.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика