Bahodir Nasimov: “Bunyodkor” Qarshida g'alaba uchun o'ynaydi”
28 may 2016 07:46
Yangiliklar
Bahodir Nasimov: “Bunyodkor” Qarshida g'alaba uchun o'ynaydi”
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” hujumchisi Bahodir Nasimovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.
- O'zbekistonning eng kuchli jamoalari bir-birlariga raqib bo'lmoqda. O'ylashimcha, har ikkala jamoa uchun ham oson o'yin bo'lmaydi. Lekin biz chempion bo'lmoqchi ekanmiz, demak har qanday bahsda g'alaba qozonishimiz kerak. “Bunyodkor” g'alaba uchun o'ynaydi. “Nasaf” – yaxshi jamoa. Ular ham g'alabani o'ylab to'p tepishadi. SHu boisdan ham qiziq bahs ostonasida turibmiz. Fikrimcha, hujumkor va ochiq futbol bo'ladi. Biz uchun eng muhimi kichik hisobda bo'lsa ham g'alaba qozonish, - deydi Bahodir Nasimov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
12:51
"Manchester Siti" qishki transferlarga 212 million evro ishlatdi - bu tarixdagi ikkinchi natija 44
Fikrlar