Bahodir Davlatov: "SHadrinni vafot etganini o'qib, qaraxt ahvolga tushib qoldim"
25 iyu 2014 13:07
Yangiliklar
Bahodir Davlatov: "SHadrinni vafot etganini o'qib, qaraxt ahvolga tushib qoldim"
O'tgan hafta o'zbek futbolida yo'qotish yuz berdi. Afsuski bevaqt o'lim Aleksandr SHadrinni oramizdan olib ketdi.
Uning vafotidan keyin yaqinlari chuqur iztirobga tushdi. Jumladan "Mashal"da Sasha bilan birga ishlagan Bahodir Davlatov SHadrinning vafotini quyidagicha izohladi.
- Bilasizmi SHadrinni vafot etgani haqida internet saytlarida o'qib, to'g'risi boshida ishonmadim. Bu kimningdir xatosi bo'lsa kerak deya, unchalik etibor bermaslikka urindim. Lekin qeyinroq yana qayta-qayta o'qidim va tanishlarimdan bu sovuq xabar haqiqat ekanligini eshitdim. SHunda qaraxt ahvolga tushib qoldim. Hech ishongim kelmadi. CHunki u bungacha sog'-salomat edi deya o'zimga ishonqiramadim. Qanchalik alamli bo'lmasin, baribir bu haqiqat bo'lib chiqdi. Bandachilik barchamizning boshimizda bor. Bundan qochib-qutilib bo'lmaydi.
- Aleksandr bilan 2006 yili tanishgandik. SHu yili Toshkent viloyatining Bo'ka tumanidan Fahriddin aka Musaev Yangierdagi yig'inimizga to'ng'ich o'g'li Farhodni olib keldi. Keyinroq kenja o'g'li Fozil bilan SHadrinni ko'rikdan o'tkazib ko'rishimizni so'rab murojaat qildi. Mazkur yili SHadrin o'smirlar terma jamoasiga nomzod o'yinchilardan biri edi. Afsuski oyog'idan olgan jarohati uni shu paytlar bezovta qilayotgandi. SHunga qaramay Sashani birinchi ligadagi jamoamiz "Mashal-2"ga jalb etdik. SHadrinning o'zi o'sha paytda Paxtakorning o'rinbosarlar jamoasiga o'tish ishtiyoqida edi. Lekin biz uni o'z safimizga qo'shib olgandik. Yosh bo'lishiga qaramay dastlabki mavsumdayoq bir qator gollar urib jamoaga foyda keltira boshladi. Keyinchalik uni "Mashal" o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazdik. Dublda ham SHadrin to'purarlik salohiyatini namoyish etdi. SHu shu sekin-sekin asosiy tarkibda o'ynay boshladi.
- 2011 yili esa Sasha o'zini "Navbahor"da sinab ko'rishga ahd qildi. SHu yili u Namanganda yomon o'ynamadi. Bir qator gollar kiritganidan so'ng, klub unga "Lasetti" avtomobilini taqdim etgandi. SHadrin bilan shunda gaplashganimizda, Navbahordan olgan Lasetti avtomobilini dadasiga sovg'a qilganini aytgandi. Unga to'g'ri ish qilganini va o'zi uchun hali hammasi oldinda ekanligini takidlagandim.
- "Navbahor"dan keyin taqdirini Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan bog'ladi. Dastlabki mavsumda ijobiy taassurot qoldirgani uchun uni terma jamoaga ham taklif eta boshladi. Yaponiyaga urgan golini yaqinda championat.asia saytida ko'rib xursand bo'ldim. SHunday etibor uchun sayt ijodkorlariga minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Aleksandr SHadrin bu yil negadir "Loko"ning asosiy tarkibiga kirishi qiyin bo'ldi. Ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi. Keyin bilsak, uni oshqozon kasalligi bezovta qilib kelayotgan ekan. SHuning uchun ham futbolchi o'zini to'liq ko'rsata olmay yurgan.
- Sasha bilan tez-tez telefon orqali gaplashib turardik. Insoniylik jihatdan ham namunali shaxs edi deya olaman. U bilan oxirgi marta 24 may kuni "Lokomotiv" O'zbekiston yoshlar U-19 terma jamoasi o'yinidan keyin uchrashib gaplashgandik. Alamlisi shu kuni SHadrin bilan ko'p ham gaplasha olmagandik. Uchrashuv tugagach murabbiylar bilan suhbatda bo'lib, Aleksandr bilan salom-alik qilib, bir-birimizga omad tilagandik", - deydi Bahodir Davlatov.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar