Bahodir Ahmedov: "Venesuela bilan ikkinchi bahsda tarkib va o'yinimiz o'zgarishi mumkin"
25 iyu 2021 14:45
Yangiliklar
Bahodir Ahmedov: "Venesuela bilan ikkinchi bahsda tarkib va o'yinimiz o'zgarishi mumkin"
O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Venesuelaga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi .
Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Raqibni o'rganib chiqqan edik. Bugungi uchrashuvni yana tahlil qilib chiqamiz. Qaerda yaxshi o'ynadik, qanday xatolarga yo'l qo'ydik, hammasini yigitlarga ko'rsatamiz. Bunday o'yinlar doim foydali bo'ladi.
Venesuelaning hujumchi bilan o'ynashi ustun tomoni hisoblanadi.
Futzalda beshinchi o'yinchini tushirish holati ko'p bo'lib turadi. Futzalda har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin. SHuning uchun beshinchi o'ynchidan foydalanishga qaror qildik.
Venesuela bilan ikkinchi uchrashuvda tarkib va o'yinimiz o'zgarishi mumkin. Mazkur uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Bahodir Ahmedov.
Fikrlar