So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Bahodir Ahmedov: “Maqsadim - terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqish” Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: “Maqsadim - terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqish”

O'tgan haftada Vetnamdagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Yaponiya va Erondan keyin O'zbekiston terma jamoasi faxrli uchinchi o'rinni band etdi.
Amaldagi chempionlikni qo'lga kiritgan Yaponiya futzalchilari bilan guruhdan joy olgan terma jamoamiz kuchli raqibini mag'lubiyatga uchrata oldi. Bu Yaponiyaning musobaqadagi yagona mag'lubiyati bo'lib qoldi. Bahodir Ahmedov ilk bor terma jamoamizni bosh murabbiy sifatida nufuzli musobaqaga tayyorladi. Uning uchun murabbiylikdagi debyuti yaxshi chiqdi. Yarim finalda Eronga o'ta yirik hisobda yutqazgan vakillarimiz uchinchi o'rin uchun bahsda Quvaytni 2:1 hisobida taslim qildi. Futzalchilarimiz Toshkentga qaytib kelishgach bosh murabbiyni muvaffaqiyat bilan tabrikladik. 

- Bahodir aka, Osiyo chempionatidan qanday taassurotlar bilan qaytdingiz?
- Yigitlarimiz ko'rsatgan o'yindan xursandman. 3-o'rinni egallab bronza medallariga sazovor bo'lganimiz meni quvontirdi. SHuning uchun u erdan yaxshi kayfiyat bilan qaytib keldik. Bizni Vetnamda alo darajada kutib olishdi. Yaratilgan sharoitlar ham ajoyib edi. Eng asosiysi, 3-o'rinni egalladik.



- Musobaqaga ketishdan avval terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifa qanday edi?
- Maqsadga kelsak, qanday bo'lmasin biror-bir medalni qo'lga kiritishimiz lozim edi. Bizga 3-o'ringa nasib qildi.

- Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdinglar. Aytingchi, bu vazifani qanday qilib bajara oldinglar?
- Futzalda ham hamma narsa bo'lishi mumkin. Yaponiya bilan o'yinga har taraflama tayyorgarlik ko'rdik. Avvaliga 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Keyin o'rtadagi farqni tenglashtirdik. O'yin oxirida ikkinchi to'pni kiritib muhim g'alabaga erishdik. Ochig'ini aytsam, omad jamoamiz tomonida bo'ldi. CHempionatdagi birinchi uchrashuvda Qirg'iziston terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Ammo xatolarimiz evaziga ikkita to'p o'tkazib yubordik va o'yin durang bilan tugadi. SHundan keyin yo'l qo'ygan kamchiliklarimizni yaxshilab tahlil qilib chiqdik. Keyingi o'yinlarda bu kabi xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun iloji boricha aniq hamda puxta o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Buning natijasida xatto Yaponiyani ham engdik.  

- Lekin Eronga 0:10 hisobidagi o'ta kirik mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?
- Ushbu uchrashuvda 5-6 nafar futzalchilarimiz ishtirok eta olishmadi. Ayrimlarida jarohat, yana bazilarida ogohlantirishlar borligi sababli Eronga qarshi asosan yoshlar bilan o'ynadik. Agarda jarohati bor yigitlarimizdan foydalanganimda yana bezovta qilishi va keyingi uchrashuvda o'ynay olmasligi mumkin edi. Yutgan taqdirimizda ham finalda yordam bera olishmasdi. Ularning o'rniga iqtidorli yoshlarimizni maydonga tushirdik. Ular haqida nima deyishim mumkin? Ko'rsatgan o'yinlari chakki emas. Birinchi marta bunday yuqori turnirda o'ynashdi. 10:0 hisobida yutqazganimizga qaramasdan yigitlardan ko'nglim to'ldi. Axir, yoshlarni mana shunday muhim bellashuvlarda maydonga tushirmasam, yana qachon o'ynatishim mumkin?



- Yarim finalda Eron bilan duch kelish ko'nglingizni xira qildimi?
- Yo'q, menda bu kabi narsalar bo'lmaydi. Hozirgina aytdim-ku, futzalda barcha narsa bo'lishi mumkin. Istalgan raqib ro'baro kelishi mumkin edi. Guruhda Yaponiya 1-o'rinni, biz esa 2-pog'onadan joy olganimizda keyingi bosqichda yanada kuchli bo'lgan Tailand bilan o'ynashimizga to'g'ri kelardi. Lekin hech kim guruhimizda bizni 1-, yaponlarni esa 2-o'rinni egallashlarini kutmagandi.

- Eronga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “eronliklarni hech kim to'xtata olmasdi” deb aytdingiz. Ammo finalda Yaponiya Eronni mag'lub eta oldi.
- Final juda qiziqarli kechdi. Eronliklar ko'plab yaratilgan qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Biz Yaponiyaga qarshi qanday tayyorgarlik bilan o'ynagan bo'lsak, yaponlar ham xuddi shunday holatda Eronga qarshi harakat qilishdi. Natijada kun chiqar yurt vakillari chempionlikni qo'lga kiritishdi.

- Murabbiy sifatida ilk bor Osiyo chempionatida terma jamoani boshqardingiz. Bu borada nimalarni o'rgandingiz?
- Birinchi marta bosh murabbiy bo'lib ishladim. Ilk urinishimdayoq bronza medaliga sazovor bo'ldik. Bu esa men uchun katta baxt. Buning ustiga chempionatda yangi yosh yigitlar bilan qatnashdik. Bir qator asosiy futzalchilarimiz jarohat tufayli Toshkentda kolishgandi. Ularning o'rniga yoshlarni olib ketib qitada uchinchi o'rinni egallash oson emas. Buning uchun futzalchilarimizga minnatdorlik bildiraman.

- Osiyo chempionati ham ortda qoldi. Bundan keyingi maqsad va rejalar nimalardan iborat?
- Bundan keyin ham yoshlarimizga etibor qaratishda davom etamiz. Terma jamoamizda yana 3-4 nafar yoshi katta futzalchilarimiz bor. Ammo keyingi yilgacha ular qanday sport formasida bo'lishadi, buni bilmaymiz. SHu bois eng katta talab yoshlar bilan ishlashga qaratiladi. Kuchli jamoalar bilan o'yinlar tashkil qilmoqchimiz.  

- Osiyoda Eron bilan Yaponiya chempionlikni boshqalarga bermay kelishmoqda. Bu yil yaponlar uchinchi marta qitada tengsiz ekanligini isbotlashdi. Eron esa undanda kuchli. Aytingchi, nima uchun ularga bas kelish qiyin bo'lmoqda?
- Bizda yosh bolalarning futzal bo'yicha maktablari endi-endi ochilyapti. Eron bilan Yaponiyada esa bunday maktablar anchadan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda. SHuning uchun ularda har yili yangidan-yangi qobilyatli yoshlar etishib chiqmoqda. Katta futbolda “Bunyodkor”, “Paxtakor” kabi jamoalarning futbol maktablari, akademilari bor va u erdan yosh yigitlar voyaga etmoqda. Lekin futzalda iqtidorli yoshlarni topish qiyinroq. Asta-sekin “Ardus”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” kabi jamoalarimizda yangi nomlar paydo bo'lyapti. Bundan keyin ham futzalimiz rivojlanishda davom etadi.



- Aytingchi, bizda qandaydir muammo bor deb o'ylaysimzi?
- Hamma joyda muammo bo'ladi. Yaxshi o'yinchilar ko'p deb hisoblayman. Faqat ularni qidirib topish kerak. Namangan, Samarqand kabi shaharlarga borib kuzatamiz. Futzal bo'yicha tashkil etiladigan turnirlarni ko'zdan kechirib istedodlarni izlab topamiz.

- Murabbiy sifatida dastlabki yutug'ingizga erishdingiz. Bundan keyin o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ymoqchisiz?
- 2016 yili yana Osiyo chempionati o'tkaziladi. Aynan ushbu musobaqada jahon chempionati yo'llanmalari ham o'z egalarini topadi. Buning uchun hozirdanoq jiddiy ishlarni boshlash kerak. Talantli yoshlarni yig'ib ularni yaxshilab tarbiyalab borish lozim. Mening maqsadim terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqish.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика