So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Bahodir Ahmedov: "Guruhdagi eng xavfli raqib - Afg'oniston" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Guruhdagi eng xavfli raqib - Afg'oniston"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga qura tashlanganidan xabaringiz bor.

Futzal. JCHga yo'llanma beradigan Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Markaziy & Janubiy zonaning "A" guruhida Tojikiston, Nepal va Afg'oniston terma jamoalari bilan bellashadi. Saralashga tashlangan quradan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Biz saralashda kuchli guruhdan joy oldik. Raqiblarimiz orasida eng xavflisi Afg'oniston terma jamoasi. Ularning ko'plab futzalchilari Eronda to'p tepishadi va forslarning uslubida o'ynashadi. Tojikiston terma jamoasi haqida ham iliq fikrlarni bildirish mumkin. Nepal haqida esa malumotlar ko'p emas. Oxirgi qita birinchiligi saralashida Nepal bilan o'ynaganmiz (Osiyo chempionati-2018 saralashi doirasida 2017 yilning 15 oktyabr sanasida terma jamoamiz Nepalni 14:1 hisobida taslim etgan). O'shandan beri ularning o'yinini ko'rmaganmiz, endi videolarni olib o'rganib chiqamiz.

5 avgustdan 10 kunlik navbatdagi yig'inga kirishamiz. 20 avgustda esa O'zbekiston chempionati 2-davrasi start oladi.

29 avgustdan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida xalqaro turnir boshlanadi. Ushbu turnirda "Spartak" (Moskva), Rossiya U-19 terma jamoasi, Nijniy Novgorod jamoasi va biz ishtirok etamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика