So’nggi yangiliklar

17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  1 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1

Bafetimbi Gomis: "O'yin durangga mos bo'ldi" Yangiliklar

Bafetimbi Gomis: "O'yin durangga mos bo'ldi"

Kecha bo'lib o'tgan "Paxtakor" - "Al Hilol" bahsidan so'ng Saudiya klubi etakchisi Bafetimbi Gomis intervyu berdi.

- O'yin haqida fikringiz? 

- Yaxshi qarama-qarshilik bo'ldi. Har ikki jamoa birinchi uchrashuvdan farqli o'laroq ehtiyotkorlikni tanladi. Durang o'yinga mos bo'ldi deb ayta olaman. Endi keyingi bellashuvga hozirlik ko'ramiz. 


- "Paxtakor" haqida nima deya olasiz? 

- "Paxtakor" - kuchli jamoa. Birinchi o'yindayoq bu jamoaning qanchalik kuchli ekanini ko'rgandik. "Paxtakor" bilan ikki o'yinda 4 ochko oldik va bundan juda xursandmiz. 


- O'yindan oldin "Al Hilol" tarkibida yo'qotishlar bor edi. 

- Ha, shunday. Test natijalari ijobiy chiqqani bois bir nechta futbolchimiz maydonga tusha olmadi. SHunga qaramay, bahsni ko'tarinki ruhda o'tkazdik. Futbolda muhimi yaxshi natija qayd etish. Dohaga kelgan barcha futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishadi. Jamoamizda yaxshi kayfiyat hukmron. 


- Keyingi o'yin haqida nima deya olasiz? 

- Hozircha bir narsa deyishim qiyin. CHunki endigina "Paxtakor" bilan bahsni tugatdik. Endi navbatdagi to'qnashuv haqida o'ylaymiz. 


- Dohadagi sharoitlar haqida fikringiz?

- Hammasi joyida. Mehmonxona va futbolchilarga yaratilgan sharoit zo'r. Tashkilotchilik ham yuqori. Biz ham shu erda bo'lib turganimizdan xursandmiz. Maqsadimiz esa ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionlar ligasida zafar quchish.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика