So’nggi yangiliklar

14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  2 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  6 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  3 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  1 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  12

Babayan Turkiya yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi Yangiliklar

Babayan Turkiya yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida shu yilning 17–23 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Kojaeli muzofotining Izmit shaharchasida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi.



Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Yig'in FIFA kunlarida o'tkazilmayotgani tufayli legioner futbolchilar taklif qilinmadi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”);

Himoyachilar
: Aleksandr Merzlyakov (“Qo'qon-1912”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar
: Suhrob Berdiev (“Qo'qon-1912”), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Davronbek Umirov (“Bunyodkor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Murod Toshmatov (“Metallurg”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”), Erkin Boydullaev (“Qizilqum”);

Hujumchilar
: Igor Sergeev (“Paxtakor”), SHohruz Norxonov (“Bunyodkor”).

Qayd etish joiz, jarohati tufayli Marat Bikmaev, Islom To'xtaxo'jaev, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskanderov jarohati tufayli Turkiyadagi yig'inga chaqiruv olmadi.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o'tkazsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda O'zbekiston 8 ta o'yindan keyin 12 ochko to'plab, to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yagona yo'llanma uchun kurashda 2-o'rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Reyting: -123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика