So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Babayan: "Navbahor" oxirigacha kurashadi" Yangiliklar

Babayan: "Navbahor" oxirigacha kurashadi"

Teglar :  Samvel Babayan
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Andijon" 2:1 "Navbahor" uchrashuvidan so'ng, namanganliklar bosh murrabiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Derbi har doimgidek yuqori haroratda o'tdi. 90 daqiqa maydonda kurash kechdi. Biz o'tgan uchrashuvda juda ko'p kuch sarflagan edik va bir nechta futbolchilarimizni yuqotdik. Qanot himoyachimiz Yo'ldoshev bugun bizga yordam bera olmadi. Biz ikkinchi golni urishimiz mumkin edi, lekin vaziyatdan unumli foydalana olmadik. Keyin esa xatoga yo'l qo'ydik va raqib bizni jazoladi. Bu futbol va bugungi natijani endi o'zgartirib bo'lmaydi. "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa bor etiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz.


- So'ngi daqiqada nima ro'y berdi?

- O'zingiz ko'rdingiz so'ngi daqiqada gol o'tkazib yubordik. Bu hujumga o'tayotgan vaqtimiz xatoga yo'l qo'ydik va raqib va qarshi hujumda gol urib ketdi. Yigitlar bugun g'alaba qozonishni istayotgan edi va shu sabab ko'p hujum qildik va qarshi hujumlarda raqib bizni jazoladi.

- O'tkir Yusupov o'zini almashtirishni so'radi. U jarohat oldimi?

- Ha, o'yin vaqti O'tkir to'pni o'zoqlashtirayotgan chog'ida erni tepib yubordi va biroz noqulaylik his etdi. Jiddiy jarohat emas ekan.

- "Navbahor"ning bugungi mag'lubiyatidan so'ng chempionlikga imkoniyatlari ancha pasayib ketdi. Jamoangizning chempionlikka bo'lgan imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bir narsani aniq ayta olaman, "Navbahor" oxirigacha kurashadi.

- OCHLda "Navbahor" zo'r natija qayd etdi. Bugungi o'yinga yigitlarning kayfiyati va motivaciyasi alo darajada bo'lishi kerak edi. Lekin bugun bunday bo'lmadi. Bunga sabab nima?

- Yigitlar harakat qilishdi. Barcha futbolchilar yuz foiz barcha imkoniyatlarini ishga solishdi. Biz ko'p kuch yo'qotdik, o'zoq reys ham bizga noqulaylik to'g'dirdi. "Navbahor" jamoasi urgan ikkinchi golni hakamlar offsayd holati deb bekor qilishdi. Ushbu qaror to'g'riligiga shubham bor. Mayli u vaziyatni hali javobgar insonlar tekshirib chiqishadi.

- Jismoniy holatning yaxshi emasligi haqida gapirdingiz. Ushbu muammolarga asosiy sabab jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murrabiy Aleks Boshkovich jamoani tark etgani emasmi?

- Boshkovich katta professional. Lekin u futbolchining jismoniy holatini yuz foiz o'zgartirib bera olmaydi. Bu inson organizmi. Boshkovich jamoani oilaviy sabablarga ko'ra tark etdi. Jismoniy holat kuchsizlashib qolganda iroda kuchga kiradi. Iroda etishmasa ko'p muammolarga duch kelish mumkin.


Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика