So’nggi yangiliklar

10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  6 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  1 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  6 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  7 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  6 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  11 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  25 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  49

Babayan ketgani bilan hech narsa o'zgarmasa ham baribir ketgani maqul (Mulohaza) Yangiliklar

Babayan ketgani bilan hech narsa o'zgarmasa ham baribir ketgani maqul (Mulohaza)

Kecha bo'lib o'tgan Eron - O'zbekiston o'yinini ko'rib menda bir savol paydo bo'ldi: terma jamoamizning bor o'yini shumi yoki bo'lmasa futbolchilar murabbiyni ketkazish uchun atayin shunaqa o'ynashdimi?

Agar birinchisi bo'lsa, demak murabbiy aybdor, mabodo ikkinchisi bo'lsa, bunda ham murabbiy aybdor. To'g'risini aytaman, Samvel Babayan termaga bosh murabbiy bo'lganidan beri uning qo'l ostida hali biror marta manili futbol ko'rmadim. Xuddiki yigitlar 90 daqiqa yugurib berishsa bo'lgani. Agar 60 daqiqa yugurish kerak bo'lsa 60, 120 daqiqa yugurib berish kerak bo'lsa yana shuncha chopishadi, biroq baribir mazmun va mano ko'rinmaydi.

Kechagi o'yinda bir jamoa o'ynadi, ikkinchisi raqibning yaxshi o'ynashiga qarashib yubordi, xolos. To'g'ri, bazi vaziyatlarda biz ham yomon ko'rinmadik, lekin o'yinning umumiy kartinasini oladigan bo'lsak, "oqlar" o'ynagan, "ko'klar" kuzatgan bo'lib chiqadi. Bu o'yinda ko'rdikki, terma jamoada murabbiy bo'lmaguncha hech narsa qila olmas ekanmiz.

Futbol - bu sport, bunda yutmasang ham yutish uchun kurashishga majbursan. YO oxirigacha o'ynaysan yoki futbolni tashlaysan. Faqat ikkita yo'l qoladi va birini tanlashing shart. Men mag'lubiyatdan xafa emasman, meni ko'proq nima uchun kurashmaganimiz tashvishga solyapti. Go'yoki biz boksdagidek klinch holatiga tushdik va raqib u yoqdan bu yoqdan kelib do'pposlayverdi.

Saudiya Arabistoni safarda Avstraliya bilan o'ynaganida garchi yutqazgan bo'lsa-da oxirigacha kurashdi, o'yini yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin kecha biz shu ishni qila olmadik. Biz o'ynamasdan taslim bo'ldik. Raqibga umuman bosim qilmadik, darvozaga birortayam to'g'ri zarba berilmadi. Albatta, o'yin uchun futbolchilar javobgar, lekin o'yin chiqmasa buning bosh aybdori murabbiy bo'ladi.

Samvel Babayanni yaxshi tashkilotchi, kuchli menejer sifatida hurmat qilaman, ammo murabbiy sifatida hech narsa qila olmasligini o'zi ham yaxshi bilsa kerak. Agar Babayanni birov majburlab ushlab o'tirmagan bo'lsa, kerak bo'lsa bugunoq istefo bergani maqul. CHunki u avavalo o'zini qiynayapti. Futbolchilar uning qo'l ostida o'ynagilari kelmayapti. Lekin Babayan buni sezmayotgan bo'lsa, demak ayb o'zida.

Kechagi o'yindagi ko'plab epizodlar Babayanning murabbiy emasligini ko'rsatib berdi. Masalan, jarohat olgan Andreev o'rniga zaxiradan Davron Hoshimovning tushirilishi va SHorahmedovning chap qanotga o'tkazilishi uning birinchi xatosi bo'ldi. Hoshimov tushgach futbol o'ynamadi, murabbiy unga nima ko'rsatma bergan bilmadig-u, ammo u raqib futbolchilarini "chopish" bilan mashg'ul bo'ldi.



Xitoy klubida deyarli maydonga tushmayotgan Egor Krimecning boshlang'ich tarkibda tushirish Babayanning ikkinchi xatosi bo'ldi. Bu vaziyatda o'yin amaliyotiga ega Murod Xolmuhamedov yoki Otabek SHukurov varianti yaxshiroq edi. Babayanning uchinchi xatosi tuppa-tuzuk o'ynab turgan Abduxoliqovni zaxiraga olib, foydasi tegmayotgan Sergeevni hujum markaziga o'tkazish bo'ldi. Qaytanga Temurxo'jaga oxirigacha imkon berish kerak edi.

Xullas xatolar ko'p bo'ldi. Ammo endilikda bularni gapirishdan na foyda. Savol tug'iladi: nima uchun futbolchilarning Babayan qo'l ostida o'ynagisi kelmayapti? Uning mashg'uloti zerikarlimi yoki taktikani tushuntirib bera olmayaptimi? Terma jamoada murabbiylar ko'p: Viktor Jalilov, Ravshan Haydarov, Grigoriy Kolosovskiy, Anvar Rashidov, Deyan Jurjevich, nahotki shuncha odam nimalar bo'layotganini ko'rmayotgan bo'lsa.

Oldimizda yana ikkita uchrashuv qoldi. Dastlab Xitoy mehmoni bo'lamiz, keyin uyda Janubiy Koreyani qabul qilamiz. Agar shu o'yinlarda ham hozirgi murabbiylar shtabi qoladigan bo'lsa, yana hech narsa o'zgarmaydi. Futbolchilar kayfiyatsiz 90 daqiqa yugurib berishda davom etaverishadi. Aslida-ku, futbolchilarimizning salohiyati kechagi o'yin darajasidan ancha kuchli. Faqat boshqa murabbiy bilangina ular zo'r o'yin ko'rsata olishadi.

Babayan va uning yordamchilaridan iltimos, o'zingizni ham, futbolchilarni ham, xalqni ham qiynamang. Ko'rib turibsiz-u, toki sizlar bor ekan ular bundan zo'r o'ynab berishmaydi. Mayli "Obod"ga boring (Babayan ikkinchi davrada "Obod"ni olarmish degan gap chiqdi), yoshlarni tarbiyalang, faqat milliy terma jamoani o'z holiga qo'ying, iltimos. Mayli Siz ketganingiz bilan hech narsa o'zgarmasin, lekin baribir shu ishni qiling. Millionlab muxlislar Sizdan faqat shuni kutmoqda!

 

Reyting: +173   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика