So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  0 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  0 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  4 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  4 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  4 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  9 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0

BAAning bizga tanish avlodi Yangiliklar

BAAning bizga tanish avlodi

BAA terma jamoasining hozirgi avlodini aksariyat muxlislarimiz yaxshi bilishadi.
CHunki 2008 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan boshlab bugungacha har bir musobaqada futbolchilarimiz va ushbu avlodni solishtirib boryapmiz. CHunki bu jamoa sovrindorlar qatoridan joy olmoqda yoki eng muhim turnirlar final bosqichida ishtirok etmoqda.



Osiyo Kubogida Yaponiyani mag'lubiyatga uchratgan BAA terma jamoasining 17 nafar futbolchisi 1989 yil yoki undan keyin tug'ilgan. Demak, ularning aksariyati oxirgi yillarda g'alabalarga erishgan avlodga chambarchas bog'liq. 2008 yil Osiyo chempionati finalida bizdan 2:1 hisobida ustun kelgan Mahdi Ali shogirdlari bir yil o'tib, Misrdagi jahon chempionatida bizdan farqli raqishda guruhdan chiqishgandi. 2010 yil Osiyo o'yinlarida terma jamoamizni 3:0 hisobida dog'da qoldirishgan va finalgacha etib borishgan. 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari saralash bosqichida ham 0:0 va 3:2 hisoblari BAAning Londonga borishiga sabab bo'lgandi. Osiyo Kubogi saralash bosqichida esa yana 2:1 va 1:1 hisoblari amirliklar jamoasining bizdan ustun kelganini ko'rsatdi. To'g'ri, o'tgan yil oxirida BAAni o'rtoqlik uchrashuvida 4:0 hisobida dog'da qoldirdik. Lekin o'rtoqlik o'yini o'z nomi bilan o'rtoqlikdir. Rasmiy o'yinlarga kelganda BAA baribir bizdan yaxshiroq natija ko'rsatdi. Osiyo Kubogida bu jamoa yarim finalga yo'l oldi. Etibor qiling, ketma-ket 5 musobaqada BAAning ushbu avlodi bizning turli avlod termalaridan yaxshiroq ko'rsatkichlar qayd etdi.



Taqqoslash uchun keltirib o'tamiz. 2008 yilgi Osiyo chempionati finalida o'ynaganlardan bizdan Islom To'xtaxo'jaevgina Avstraliyaga bordi xolos. BAAdan esa o'sha tarkibdan Amir Abdulrahmon, Hamdan Kamoli, Ahmad Halil, Muhammad Favzi, Abdulaziz Hussayn va Habib Fardan Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. 2012 yil Toshkentda Olimpiada o'yinlari saralash bosqichida maydonga tushgan tarkibdan ham faqat To'xtaxo'jaev Avstraliyaga olib ketildi. BAAdan naqd 12 nafar o'yinchi shunday natijaga erishdi - Holid Isa, Muhammad Ahmad, Abdulaziz Hussayn, Hamdan Kamoli, Umar Abdulrahmon, Ahmad Halil, Habib Fardan, Hamis Ismoil, Abdulaziz Sanqur, Habush Solih, Ali Mabhut, Muhammad Favzi.
BAA tarkibni suniy yoshartirgani yo'q. O'sha avlod futbolchilari boshqalardan kuchliroq chiqishdi va Mahdi Ali ularni tarkibga jalb qildi. SHu bilan birga ularga o'z vaqtda ishonch bildirilganini takidlash lozim. CHunki 2012 yilning yoz faslida ham BAA milliy terma jamoasi Osiyoning o'rtamiyonalaridan biri edi va o'zidan kuchsizroq sanalgan raqiblarni mag'lub eta olmasligi oddiy holga aylangandi. Oradan 2 yildan ortiqroq vaqt o'tib, Mahdi Ali jamoani Osiyoda kuchli to'rtlikka olib kirdi. Eron va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar shuni ko'rsatdiki, BAA rostdan ham o'sishga erishibdi. Erondan yaxshiroq harakat qilgan jamoa Yaponiya saviyasiga chiqishiga hali bor, lekin qo'rqmasdan o'ynash darajasiga chiqib ulguribdi. Yaponlar baribir terma jamoa potenciali borasida qitada eng kuchlilardan biri ekanligini rad etib bo'lmaydi.
BAAda futbolchilarning yoshlar terma jamoasidan milliy terma jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgani etiborga molik. Odatda bunday jamoalar muvaffaqiyatlarga erishadi. Germaniya terma jamoasida ham yoshlar termasining bir avlodi Evropa chempioni bo'lgan, o'sha tarkibdan 10dan ortiq futbolchi milliy termaga taklif olgandi. Oxir-oqibat o'sha o'yinchilar jahon chempionligini qo'lga kiritishdi. BAA ham oxirgi yillarda ijobiy natijalarga ko'proq erishib kelmoqda. O'z nomi bilan “oltin avlod”.



BAA futbolining “oltin avlodi” deb baholanayotgan terma jamoa azolari faoliyati Mahdi Ali nomi bilan bevosita bog'liq. U yoshlar miqyosidan boshlab muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti. Osiyo chempionligi, keyinchalik jahon chempionatida chorak final, Osiyo o'yinlarida ikkinchi o'rin, “Ko'rfaz Kubogi”dagi chempionlik buni isbotlab turibdi.
Ali 2003 yil BAA o'smirlar terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangandi. Murabbiylik faoliyatini Mahdi 1998 yil boshlagan. O'shanda u Dubayning “Al Ahli” klubida 10 yoshli bolalar bilan ishlashga kirishgandi.

Ali jamoa rahbariyatining menejer yoki rahbarlik lavozimlaridan birida faoliyat olib borish taklifini rad etib, mamuriy lavozimda ishlay olmasligini bildirgandi. U hamisha to'p bilan ishlash jarayonida birga bo'lishni xohlagan. Quyi tizimdan ish boshlagan Ali milliy terma jamoa bosh murabbiyi darajasiga ko'tarildi. 2000 yil Londonda murabbiylik sertifikatini qo'lga kiritgan Mahdi keyinchalik Germaniyada “A” licenziyasi uchun tahsil oldi. 2008 yil esa unga yoshlar terma jamoasini boshqarish taklifi bilan BAA FA murojaat qildi. Yoshlar termasi bilan Osiyo chempioni bo'ldi. Misrdagi mundialda jamoa bilan chorak finalga etib borgach, unga yangi shartnoma talab qilishdi. Ali yoshlarni milliy termaga jalb qilib, jamoaviy o'yinni yangi saviyaga olib chiqdi. Olimpiya terma jamoasini Londondagi Olimpiada o'yinlariga boshlab bordi. SHu o'rinda murabbiydagi intilish va professionallikka qoyil qolish kerak. BAA terma jamoasi so'nggi yillardagi eng chiroyli o'yinini namoyish etib, FIFA reytingida yuqoriladi. Osiyo Kubogi esa BAAning natijalari shunchaki emasligini isbotladi.
Bu murabbiyning faoliyatini anchadan beri kuzatib kelaman. U to'g'risida avval ham batafsil maqola yozib, hayoti to'g'risidagi quyidagi holatga etibor qaratishingizni so'ragan bo'lardim.



“Mahdi Ali “Al Ahli” tarkibida ikki marta Prezident Kubogini qo'lga kiritgan. 1988 yilgi finalda “Al SHabab” mag'lub etilishida asosiy rolni o'ynagan. Uning jamoasi 10 futbolchi bilan qolgan paytda u ikki to'p kiritib, bir bor golli pas oshirgan. Natijada “Ahli” 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Lekin aynan o'sha finalda maydonga tushgani sababli Al Ayn Universitetida imtihonlarini o'tkazib yuborgan. Ularda past ball to'plagani uchun Dubay hokimiyatida oddiy xizmatchi sifatida ishlashga kirishgan. Lekin ishidan qoniqmagani tufayli bir yildan so'ng yana o'qishni boshlagan. Bu safar Dubay texnologiya kollejini elektr injener mutaxassisi sifatida tamomlagan. Keyinchalik yana hokimiyatga ishga qaytgan Mahdi bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Klublardan “Baniyas”da vaqtincha faoliyat ko'rsatib, klubni kumush medallar sari etaklagan. O'sha paytda olimpiya terma jamoasiga nomzod 6 futbolchi bilan “Baniyas”da ham ishlagani keyinroq unga terma jamoadagi faoliyatida asqotdi. Mahdi Ali o'smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoada ishlashga ulgurdi. Inqirozga tushib qolgandek ko'ringan BAA terma jamoasini Osiyodagi etakchi termalar safiga qaytargan Alining maqsadi Osiyo Kubogida yaxshi natijaga erishib, jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurashishdan iborat”.



Ushbu satrlar mart oyida uning faoliyati haqida yozilgan maqolamdan olingan. Ko'ramiz, Mahdi Ali o'z oldida qolgan so'nggi nuqta – jahon chempionatiga borishni ham uddalay olarmikan? BAA terma jamoasi qatnashgan 1990 yilgi mundial boshlanishiga 2 hafta qolganda u jarohat olib, futbolchi sifatida bunga erisha olmagan. Murabbiy sifatida borishga imkoniyat hali oldinda.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика