BAA U-23 bosh murabbiyi 1:5dan keyin: "Bitta xatodan keyin o'yinimiz sochilib ketdi"
19 jan 2020 20:37
Yangiliklar


BAA U-23 bosh murabbiyi 1:5dan keyin: "Bitta xatodan keyin o'yinimiz sochilib ketdi"
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan so'ng BAA bosh murabbiyi Macey Skorja matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz o'yinni yaxshi boshladik. Keyin esa bitta xatodan keyin o'yinimiz sochilib ketdi. O'zbekiston esa o'zini qo'lga oldi. VAR orqali penalti qo'yilishi ham tasir qildi. Penalti bermasa ham bo'lardi nazarimda. Bizda shuningdek Iordaniya bilan o'yindan keyingi charchoq ham sezildi.
Balki mening xatoim ko'proq zaxira o'yinchilarini tushirmaganim bo'lgandir. Ular kuchga to'la edi. O'zbekiston o'yinni qurishda ham ustunlik qildi.
Bizga maydon markazida faollik etishmadi. Raqib esa aksincha maydon markazida aktiv bo'ldi. O'zgarishlarni shunga amalga oshirdim", - deydi BAA ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar