So’nggi yangiliklar

22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  0 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  5 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  17 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

O'zbekiston Dubayda BAAni mag'lub etdi, Sergeevdan dubl Yangiliklar

O'zbekiston Dubayda BAAni mag'lub etdi, Sergeevdan dubl

BAA va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

O'rtoqlik uchrashuvi
BAA - O'zbekiston 1:2
12 oktyabr, 2020 yil. Dubay. "Al Rashid" stadioni. 19:20 (Toshkent vaqti)

Gollar: Sebastyan Talyabue 90 (pen.) - Igor Sergeev 48', 86

Bosh hakam:
Ali Abdulnabi (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Sayid Alavi (Bahrayn), Faysal Alavi (Bahrayn)
Zaxira hakami: Omar Mohamed Al Ali (BAA)

O'zbekiston: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Igor Golban, IbrohimHalil Yuldashev, Murod Xolmuhammedov (Farruh Sayfiev, 73), Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Otabek SHukurov (Akmal Mozgovoy, 90), Azizbek Turg'unboev (Dostonbek Hamdamov, 53), Hojimat Erkinov (Jaloliddin Masharipov, 61), Igor Sergeev (SHahzodbek Ubaydullaev, 87).

BAA: Xolid Issa, Faris Juma (Ismoil Ahmad, 75), Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Yussuf Jobir (Salim Rashid, 58), Hamis Ismoil, Ahmad Barman (Muhammad al-Attas, 58), Ibrohim Halil (Xolid Bavazir, 24), Xalfan Muborak (G'arib Abdulloh, 67), Sebastyan Talyabue, Fabio de Lima (Hamdam, 81)

Ogohlantirishlar: Murod Xolmuhammedov (31), Hamis Ismoil (80), IbrohimHalil Yuldashev (90). 


O'yin yakunlandi!  G'alaba muborak! 

90+4. Xolid Bavazirning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

90+1. GOOOOOL! To'p Igor Golbanning qo'liga tegdi va penalti belgilandi.  Talyabue 11 metrlikni golga aylantirdi – 1:2! 


90. O'zbekistonda almashtirish: SHukurov o'rniga Mozgovoy tushdi. 

90. IbrohimHalil Yuldashev ogohlantirish oldi. 

89. Zarba! SHukurovning dahshatli zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytardi! 


87. O'zbekistonda o'zgarish: Igor Sergeev o'rniga SHahzodbek Ubaydullaev tushirildi. 


86. GOOOOOOOOOOOOL!  Igor Sergeevdan ajoyib gol – 0:2!

85. IbrohimHalil Yuldashevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

84. Talyabue IbrohimHalil Yuldashevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. 

81. BAAda almashtirish: Fabio o'rniga HAmdam tushirildi. 

80. Hamis Ismoil Hamrobekovni yiqitgani bois sariq kartochka oldi. 

78. To'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi, jarima zarbasi.  Standart vaziyat muvaffaqiyat keltirmadi.

75. BAA tarkibida o'zgarish: Faris Juma o'rniga Ismoil Ahmad tushdi.

73. O'zbekiston safida almashtirish: Xolmuhammedov o'rniga Sayfiev o'yinni davom ettiradi. 

72. AbirohimHalil Yuldashevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

71. Hujum qilish navbati BAA termasiga keldi, mezbonlar burchak to'pini o'yinga kiritishga ham ulgurishdi. 

70. O'zbekiston qarshi hujumga o'tdi, Masharipov va G'aniev kombinaciyasi tushunarsiz va yakuni mavjud bo'lmagan hujum bilan tugadi. 

67. BAA tarkibida o'zgarish: Xalfan Muborak o'rniga G'arib Abdulloh tushdi. 

66. Masharipov-Yuldashev-SHukurov kombinaciyasi tugab, to'p o'ng qanotgacha etib keldi. 

63. BAA jarima to'piga ega bo'ldi, barchasi foydamizga hal bo'ldi. 

61. O'zbekiston safida o'zgarish: Erkinov o'rniga Masharipov tushirildi. 

60. Hojimat Erkinovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.  

58. BAA tarkibida o'zgarish: Barman o'rniga Muhammad al-Attas, Jobir o'rniga Salim Rashid

56. Jarimadan uzatalgan to'pni Abduvohid Nematov to'pni ushlab oldi. 

53. O'zbekiston safida o'zgarish: Turg'unboev o'rniga Hamdamov tushdi.

53. Uuuxx! Xolmuhammedovninng uzatmasidan keyin Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

50. To'p nazorati O'zbekistonda, ishonch ham yuqori darajada.  

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Igor Sergeev BAAning xatosidan keyin hisobni ochdi – 0:1! 


47. O'zbekiston burchak zarbasiga ega bo'ldi, Turg'unboevning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi.

46. Ikkinich bo'lim boshlandi! 

Sizningcha, birinchi bo'limda qaysi futbolchimiz eng faol o'yin ko'rsatdi?  

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!  

45+2. Xolmuhammedov qanotdan ichkargi pas uzatdi, ancha muvaffaqiyatsiz. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

45. IbrohimHalil Yuldashevning uzatmasi Sergeevga aniq ketib bormadi, Igor to'pni olib qo'yishga harakit qildi, hakam esa u himoyachiga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi. 

43. O'zbekistonning tezkor hujumi: to'p SHukurovda, u Turg'unboevni oldinga boshladi, Azizbekning tezkor harakati o'zining kuchsiz zarbasi bilan yakun topdi.    

40. Muhammad Marzuq Hojimat Erkinovning oyog'ini bosib oldi va futbolchimizga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

39. Hojimat Erkinov Fabio de Limani to'xtatib qoldi. 

36. Raqib borgan sari o'z hujumlari sonini ko'paytirib bormoqda. Xalfan Muborakning uzatmasini Abduvohid Nematov ishonch bilan urib yubordi. 

34. Uuux! Muhammad Marzuqning bosh bilan yo'llagan zarbasi hayriyatki noaniq chiqdi. 

33. Zarba! Fabio de Limaning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegdi. 

31. Murod Xolmuhammedov qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochka oldi, mezbonlarda jarima to'pi. 

29. Uuux! Igor Sergeev tomon yaxshi uzatma keldi, uning birinchi zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchi urinish esa noaniq bo'ldi. 


28. Zarbaaa! Odil Hamrobekov yana uzoq masofadan zarba berdi, bu gal yanada xavfliroq! 

27. Zarba!  Hamrobekovning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq ko'rinish olmadi. 

24. BAAda o'zgarish: Ibrohim Halil o'rniga Xolid Bavazir tushdi. 

22. Ibrohim Halilga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u jarohat oldi va almashtiriladi.

20. Zarba! IbrohimHalil Yuldashevning zarbasi aniq chiqmadi. 

18. Zarba! Azizbek Turg'unboevning zarbasidan keyin raqib darvozaboni esankirab qoldi va to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, vaziyat jiddiy ko'rinish oldi. 


17. Murod Xolmuhammedovning xatosi qimmatga tushishi mumkin edi, Halil Ibrohim tezkorlik bilan jarima maydonchamiz ichiga kirib keldi, ammo muvaffaqiyatsiz.  

16. Zarba!  Azizbek Turg'unboevning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

14. Vakillarimiz xatolikka yo'l qo'yishdi, ammo vaziyat biz uchun u qadar yomon tugamadi.  

13. Sergeev tomon yaxshi uzatma etib keldi, biroq hakamlar ofsayd qayd etishdi, ushbu vaziyatda hakamlar xato qilishdi, chunki hech qanday o'yindan tashqari holat yo'q edi.  

11. Uuux!  Qanday vaziyat! Termamiz keskin bosim uyushtirdi va SHukurov raqibdan to'pni olib qo'yib, ichkariga, Sergeevga pas uzatdi, darvozabon esa o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi.   

8. Murod Xolmuhammedov tezlik bilan hujumga o'tib ketayotgan Yussuf Jobirni o'z vaqtida qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

6. Maydon markazida Hamrobekov hamda SHukurov juda faol o'yin namoyish etishmoqda. 

4. Himoyachilarimiz raqibdan to'pni olib qo'yishdi, SHukurov Erkinovga pas uzatdi, ammo Hojimatga BAA himoyachisi o'tib ketishiga imkoniyat bermadi. 

2. Zarba!  Erkinov qanotda faollik ko'rsatdi va markazda turgan SHukuroga pas berdi, uning zarbasi raqib posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Ikki mamlakat madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Foto: Abdurahmon Fozilov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




- Uchrashuv soat 19:20da boshlanadi

Reyting: +108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика