BAA. Masharipovning benefisiga aylangan uchrashuvda "SHabab Al Ahli" irodali g'alabani qo'lga kiritdi
02 apr 2021 20:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628619_original.jpg)
![](/upload/storage/628619_220.jpg)
BAA. Masharipovning benefisiga aylangan uchrashuvda "SHabab Al Ahli" irodali g'alabani qo'lga kiritdi
Omadsiz boshlangan uchrashuv hamyurtimiz Jaloliddin Msharipovning benefisiga aylanib ketdi. Avvaliga jamoaning boshqa bir legioneri Igor Xesus oradagi farqni qisqartirdi.
Birinchi bo'limning 39-daqiqasida mezbonlar ustozi Odil Hamrobekovning o'rniga hujumkor futbolchini maydonga tushirishga qaror qildi.
Keyin esa katta sahnaga Jaloliddin chiqdi. 52-daqiqada aynan Masharipovning uzatmasidan keyin Muhammad Juma muvozanatni tikladi. 79-daqiqada Jaloliddin chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqiblari orasidan o'tib ketayotganida yiqitildi hamda hakam penalti belgiladi. Biroq Karlos Eduardo ushbu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. O'yinning asosiy vaqti tugab borgani sari, muxlis va mutaxassislar bellashuv durang bilan yakunlanadi deb turgan bir pallada, Jaloliddin Masharipov burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi va jamoasiga irodali g'alabani taqdim etdi.
"SHabab Al Ahli" - "Al Fujayra" 3:2
Gollar: Igor Xesus 39`, Muhammad Juma Eid 52` (Jaloliddin Masharipov), Jaloliddin Masharipov 90` (Muhammad Juma Eid) — D. Koutino 3`, A. Ovolabi 32`/
Foydalanilmagan penalti: Karlos Eduardo 79`
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar