BAA futboli eksperti: "Kosmin himoyaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'ya oladi, shuning uchun BAAni mag'lub etishda qiynalishingiz mumkin. Olariuning eng kuchli jihati..."
05 iyu 13:40
Yangiliklar


BAA futboli eksperti: "Kosmin himoyaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'ya oladi, shuning uchun BAAni mag'lub etishda qiynalishingiz mumkin. Olariuning eng kuchli jihati..."
- Salom Jon, siz bilan yana ko'rishib turganimdan juda xursandman...
- Salom do'stim, Dubayga xush kelibsan...
- Futbol mavzusiga to'xtalsak, BAA terma jamoasining hozirgi holatini qanday baholaysiz? Yaqindagina ro'y bergan murabbiylar o'zgarishi jamoaga qanchalik tasir qildi?
- Jamoa mart oyidan beri o'ynamadi. So'nggi o'yinda ular Shimoliy Koreyaga qarshi jarohatlarga to'la tarkib bilan g'alaba qozona olishdi va Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolishdi. Natijalarga kelsak, murabbiy o'zgarishi jamoaga tasir qildi deya olmayman, chunki Kosmin hali o'yinni boshqara olmaydi. Ammo uning tayinlanishi jamoa uchun katta ruhiy dalda bo'lganiga shubha yo'q.
- Murabbiy almashganidan so'ng jamoa tarkibida qanday asosiy o'zgarishlar ro'y berdi deb o'ylaysiz?
- Kosmin o'zi ishlagan jamoalarda himoyaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yishi bilan mashhur, shuning uchun sizla BAAni mag'lub etishda qiynalishingiz mumkin. Shuningdek, u tarkibga "Sharja"ning bir qator futbolchilarini jalb etdi, bu mantiqan to'g'ri, chunki u ularni juda yaxshi biladi.
- Hozirgi vaziyatda jamoa uchun qanday natija kutsak bo'ladi?
- Muxlislar va jamoa ikkinchi to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish uchun faqat g'alaba kifoya qilishini bilishadi. Shuning uchun BAA O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinga juda erta tayyorgarlik ko'ra boshladi.
- BAA terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimalardan iborat? Ikki terma jamoalarni solishtirsak, qaysi biri ushbu o'yinga yaxshiroq holatda etib keldi deb o'ylaysiz?
- O'zbekistonning butun Osiyo bo'ylab obro'si ularning oshdi. Bunga sabab yosh futbolchilarining muvaffaqiyatlari va asosiy terma jamoaning natijalari yaxshilanishi. Bundan tashqari, Husanov va Shomurodov Evropa futbolida yuqori saviyada o'yin ko'rsatayotgani uchun BAA ular oldida turgan qiyinchilikdan xabardor. Ular hammasini bilishadi.
- BAA JCH saralashidagi imkoniyatlarini saqlab qolish uchun O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonishiga ishonmoqdami? Jamoaning hozirgi ruhiy holati qanday? Motivaciya qanchalik ko'p?
- Juda katta. Agar ular g'alaba qozonib, ikkinchi o'rin uchun kurashni so'nggi 10-turga qadar saqlab qolishsa, Qirg'izistondagi o'yin ular uchun haqiqiy "so'nggi jang" bo'ladi.
- Yangi murabbiy haqidagi ilk taassurotlaringiz qanday? Olariu jamoasi nimalarga erishishi mumkin deb o'ylaysiz?
- Bu birinchi taassurot emas, chunki Kosmin o'n yildan ortiq vaqtdan beri BAA futbolida ishlab kelmoqda va har bir kishiga(tahririyat. mahalliy insonlarga) juda tanish. Uning qobiliyati barcha muxlislarga malum va u BAA futbolidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi. Biroq u ham ideal murabbiy emas, avvalroq aytib o'tganimdek Olariuning ustunlik tomonlar bor, ammo Kosminning tanlaydigan uslubda kamchiliklar ham yo'q emas.
- Shunday muhim paytda murabbiyni almashtirish to'g'ri qaror bo'ldimi? Paolo Bentuni istefoga chiqarish shunchalik muhim edimi? Portugaliyalik mutaxassisga saralash bosqichi yakuniga qadar imkoniyat bersa bo'lmasmidi?
- Bu saralashning uchinchi bosqichida qilingan juda kech kelgan qiyin tanlov bo'ldi, ammo ko'pchilik Bentu jamoani etarlicha kuchaytira olmadi degan fikrga ishondi. Futbolchilar Bentu bilan ishlashda davom etishmoqchi edi, ammo natijalar o'z so'zini aytdi. Atigi ikkita saralash o'yini qolganida yangi murabbiyni olib kelishga qaror qilindi va mamlakat futbolidagi eng tajribali mutaxassis yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.
- Yangi murabbiy aynan shu bellashuvdagi natijaga qanday tasir ko'rsatishi mumkin?
- Aytganimizdek, Kosmin jamoani himoyada yaxshiroq o'ynatishi kerak. Lekin uning eng kuchli jihati motivacion qobiliyatidir. Shubhasiz, u futbolchilarni o'zgacha ruhlantira oladi va bu bir necha yillardan beri ishlab kelmoqda. Kosmin shunisi bilan ham mashhur.
- O'zbekiston terma jamoasida Husanov, Fayzullaev va Shomurodov kabi futbolchilar qaysi klublarda o'ynayotganini va qanday o'yin namoyish etayotganidan xabardorsiz. Sizningcha, BAA terma jamoasidagi qaysi futbolchilar raqibga ko'proq xavf tug'dirishi mumkin? Masalan, hozirgi kundagi BAA tarkibida Eldor Shomurodov kabi birgina vaziyatdan foydalanib keta oladigan futbolchi bormi?
- O'zbekiston tarkibidagi futbolchilarning darajasini hisobga olsak, darvozabon Xolid Eysa BAAning asosiy etakchisi va eng tajribali o'yinchi. Eysani siz aytgan futbolchi deb ayta olaman. Braziliyada tug'ilgan jangovar yarim himoyachi Markus Meloni ham takidlab o'tishim mumkin. Hujumchilar Fabio De Lima va Xarib Abdulla ham o'ta xavfli. Shu futbolchilarni aytib o'ta olaman.
- Ertangi uchrashuvga taxmin bildirib o'tsangiz...
- O'ylashimcha, BAAga raqibini qarshi hujumda ushlay olishi qiyin bo'ladi. Menimcha, durang qayd etilsa kerak. Amirliklar terma jamoasi uchun to'g'ridan-to'g'ri JCHga chiqish imkoniyatini taqdim etmaydi, ammo durang ham Bentu jamoasi bilan solishtirganda ancha yaxshi natija hisoblanadi. O'zbekiston saralashda faqat bir marta yutqazdi, shuning uchun durang terma jamoangiz uchun yaxshi natija bo'ladi deb hisoblayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Чунки эрон катарга ютказиб беради
Кейинги турда Катар 2 нчи таркиб билан тошкентда 0-3га ютказади