BAA chempionati. SHukurov to'liq o'ynagan uchrashuvda “SHarja” irodali g'alabaga erishdi
23 okt 2020 00:25
Yangiliklar


BAA chempionati. SHukurov to'liq o'ynagan uchrashuvda “SHarja” irodali g'alabaga erishdi
O'yinda hisobni mehmonlar sloveniyalik forvard Tim Matavjning aniq zarbasi evaziga ochishdi. 68-daqiqada Velliton gol urib, oradagi muvozanatni tikladi. Asosiy bo'lim yakunlanishiga oz qolganida esa SHahin Abdulrahmon raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga irodali g'alaba olib keldi – 2:1!
Otabek SHukurov esa “SHarja” safida o'yinni to'liq o'tkazdi. Jamoa ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va jadvalda 2-o'ringa ko'tarildi. Xuddi shuncha ochkoga ega “Baniyas” esa to'plar nisbatiga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. “SHarja” keyingi turni 30 oktyabr kuni safarda “Al Ain”ga qarshi o'tkazadi.
Sharjah Cultural Club Welliton - 68', Shaheen Abdulrahman - 89' Arabian Gulf League . 2-tur 22/10/2020, 23:00
Al-Wahda Tim Matavz - 29'
“SHarja” – “Al Vahda” 2:1 (0:1, 2:0)
“SHarja” o'yingohi
Gollar: Matavj 29, Velliton 68, Abdulrahmon 89
O’xshash yangiliklar

Fikrlar