BAA chempionati. "Al Bataeh" o'z maydonida "Dibba"ga mag'lub bo'ldi, o'zbekistonlik ikki o'yinchi bahsda to'liq harakat qildi

Alisher Ostonov
3 yanv 2026, 23:17
BAA Pro ligasi 11-tur doirasidagi "Al Bataeh" - "Dibba" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs taqdirini mehmonlar o'yinchisi Meme tomonidan 56-daqiqada urilgan gol hal qildi.

Mezbonlar safida Aziz G'aniev, mehmonlar safida Abdulla Abdullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi.

"Dibba" va "Al Bataeh" 6 ochkodan jamg'argan holda chempionatning quyi o'rinlarida, aniqrog'i 13 va 14-o'rinlarda borishmoqda.



O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia