BAA chempionati. Masharipov xatosini to'g'rilab, gol urgan bahsda “SHabab Al Ahli” durang o'ynadi
11 mar 2021 20:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624922_original.jpg)
![](/upload/storage/624922_220.jpg)
BAA chempionati. Masharipov xatosini to'g'rilab, gol urgan bahsda “SHabab Al Ahli” durang o'ynadi
Jaloliddin Masharipov 37-daqiqada penalti tepish imkoniga ega bo'ldi, ammo uni aniq amalga oshira olmadi. O'yindagi hisob esa 40-daqiqada mezbonlarning gambiyalik hujumchisi Bubakarr Travalli tomonidan ochildi.
2-taym boshida esa Masharipov raqib jarima maydoniga kirib, darvozaga kuchli zarba bergan holda hisobni tenglashtirdi. Bu 27 yoshli futbolchining dubayliklar safidagi ilk goli bo'ldi.
SHu tariqa, o'yinda hisob boshqa o'zgarmadi – 1:1!
Jaloliddin va Odil Hamrobekov bugungi uchrashuvda to'liq harakat qilishdi.
“SHabab Al Ahli” turnir jadvalida 34 ochko to'plab, 5-o'rinda bormoqda.
Ajman Bubacarr Trawally - 40' |
Arabian Gulf League . 20-tur 11/03/2021, 18:45 1
:
1
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Jaloliddin Masharipov - 51' |
“Ajman” – “SHabab Al Ahli” 1:1 (1:0, 0:1)
“Ajman” o'yingohi
Gollar: Travalli 40 - 1:0, Masharipov 52 - 1:1
“Ajman” – Al Xosani, Ismoil, Rakan, Igvekali, Al Yamahi, Antonio, Muhammad Ahmad, Husayn Abdulrahmon, SHaytit, Modibo Mayga, Bubakarr Travalli
"SHabab Al-Ahli": Majid Nosir, Volid Abbos, Muhammad Jobir, Muhammad Marzuq, Abdulla Jamil (Abdulaziz Sanqur, 65), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Karatabiya (Al Hasmi), Al Naqbi (Al Hassani, 65), Karlos Eduardo, Igor Jezus
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar