Azmun "Bayer"ga o'tmaydi
01 avg 2021 16:19
Yangiliklar
Azmun "Bayer"ga o'tmaydi
"Bayer" "Zenit" futbolchisi Sardor Azmunga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotdi.
"kicker" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchi uchun to'lanadigan pullar ko'plik qiladi deb hisoblagan. Uning transferi va oylik maoshi uchun klub kamida 30 mln evrodan voz kechishi kerak bo'ladi.
Undan tashqari, "Bayer" Lukas Alario bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgan va shu sababli jamoaga endi hujumchi kerak emas. Argentinalikning klubi bilan kelishuvi 2022 yil yoziga qadar davom etishi kerak edi.
Fikrlar