So’nggi yangiliklar

14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  7 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  12 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  5 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  13 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  7 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  3 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  2 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  6

Azizbek Haydarov: “Jahon chempionatiga chiqishga tayyormizmi?” Yangiliklar

Azizbek Haydarov: “Jahon chempionatiga chiqishga tayyormizmi?”

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov oz emas, ko'p emas, 6 yil faoliyat yuritgan BAAning “Al SHabab” klubini tark etgan edi.

Legionerlar uchun bu ajoyib ko'rsatkich. SHuncha yil mobaynida xorijlik futbolchiga ishonch bildirish, bu o'sha legionerning bir maromda o'ynaganidan darak beradi. Haydarov “Al SHabab”dan ketgach ko'p vaqt ishsiz qolmadi. Qisqa muddat ichida u BAA Pro-ligasiga qaytgan “Ajman” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. “Ajman” o'tgan mavsum BAA birinchi ligasida kichik oltin medallarni qo'lga kiritgan edi. Malumot uchun, yarim himoyachi 2011 yilgi Osiyo Kubogidan so'ng “Bunyodkor”dan “Al SHabab”ga transfer qilingandi. Haydarov o'tgan 6 yil davomida dubayliklar safida ikki marta Fors ko'rfazi CHempionlar ligasida (2011 va 2015), bir marta BAA liga kubogida (2011) g'olib chiqdi. Futbolchimiz “Ajman” bilan shartnoma imzolaganidan so'ng Toshkentga qaytib keldi. Biz Azizbek bilan uchrashib, undan eksklyuziv intervyu oldik.

- Mart oyining so'nggi kunlari terma jamoa yig'ini sabab Toshkentga kelgandim, - deya so'z boshladi A. Haydarov. – O'shandan keyin mana yana shu erdaman. Bu safar ham tatil, ham terma jamoa yig'ini sabab ona Vatanga qaytdim. Kundan-kunga o'zgarishlar katta. Kunlarning isishi xalqimizning kayfiyatiga yanada ijobiy tasir o'tkazyapti. Buni ko'rib xursand ham bo'lasiz. Endi bevosita futbolga kelsak, BAA chempionati yakunlanganidan so'ng orada bir muddat o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. SHu sababli ham terma jamoa yig'ini boshlangunicha “Lokomotiv” klubi mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Tailand terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi bizga bevosita JCH-2018 3-saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan Eronga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.


- Eronga qarshi kechadigan uchrashuv har tomonlama principial ahamiyatga ega bo'ladi. Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Aks holda JCH-2018ga chiqish yo'lidagi vazifamiz qiyinlashadi. Bundan avval ham 100 000 tomoshabinga mo'ljallangan “Ozodi” stadionida o'ynagansiz. Bunday mahobatli o'yingohda harakat qilish mehmon jamoa futbolchilariga qay darajada qiyinchilik tug'diradi?
- Ha, o'ziga yarasha salobat bosadi. Lekin bizni g'alabadan o'zga natija qoniqtirmaydi. JCH-2018ga chiqish haqida o'ylayotgan ekanmiz, bu o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritishimiz shart. SHu o'rinda bir narsani tan olishni xohlardim. Ochig'i, men to'g'ri so'z insonman. So'zlarim qattiq botishi mumkin, lekin men hamisha haqiqatni gapirishga intilaman. Tasavvur qiling, biz Eron terma jamoasini mag'lub etdik va yakunda JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Lekin biz ayni paytda mundialda o'ynashga tayyormizmi? Juda ko'p jamoalar JCHga chiqadi. O'z vaqtida KXDR, Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalar mundialda ishtirok etdi. Lekin bu jamoalar muntazam ravishda JCHda o'ynamaydi-ku! Qandaydir omad tufayli yo'llanmani qo'lga kiritib oladi va keyin bir necha 10 yilga ko'rinmay ketadi. JCH-2014 final bosqichiga chiqishimiz uchun bizga omad etishmagandi. Qandaydir 2 ta gol bizni mundialdan mosuvo qilgandi. Har safar bizda, muxlislarimizda terma jamoamiz JCHga chiqa olarmikan, bu safar orzuimiz ro'yobga chiqarmikan, degan savollar bo'lmasligi lozim. Terma jamoa kuchli va raqobatbardosh bo'lsa, hammamizda ishonch bo'ladi. O'z-o'zidan bunday savollarga ham o'rin qolmaydi. SHunchaki, JCHga borib 5-10ta gol o'tkazib kelishdan foyda yo'q. Terma jamoa stabil bo'lishi kerak. Jahon chempionatiga tayyor bo'lib chiqish kerak, demoqchiman.

Muxlislar, yaqinlarim, rahmatli otam ham “qachon JCHga chiqasizlar”, degan savolni juda ko'p berardilar. Insonlar o'zi shunday-da, birinchi yo'llanmani qo'lga kirit, deydi, keyin esa mundialning final bosqich o'yinlarida g'alaba qozonishni talab qiladi. Men aytmoqchimanki, poydevor mustahkam bo'lishi shart. Bizdan keyingi avlod futbolchilari ham JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishiga amin bo'lishimiz lozim. Bir marta JCHga chiqib, keyin bunday imkoniyatni yana 50 yil kutish to'g'ri emas. Bu shaxsiy fikrim. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Eron terma jamoalari so'nggi 10 yilliklarni oladigan bo'lsak, deyarli muntazam ravishda mundiallarda ishtirok etib kelyapti. Nimaga? degan haqli savol tug'iladi. CHunki, bu mamlakat futbolida barqarorlik bor. Terma jamoasining poydevori mustahkam, ichki chempionati esa kuchli. Turli yoshdagi terma jamoalari ham muntazam jahon chempionatlarining final bosqichida qatnashib kelyapti. Masalan, shu kunlarda Janubiy Koreyada davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini oling. Bu kichik mundialda ham Osiyo jamoalari munosib tarzda ishtirok etishyapti. Koreya, Eron dunyoning kuchli jamoalarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ertaga bu yoshlar o'z mamlakatlarining milliy terma jamoalari safida ham munosib tarzda o'ynay olishadi. Achchiq bo'lsada aytaman, bizda hozircha bunday emas. Eron, Koreya, Yaponiya kabi qitamizning kuchli terma jamoalariga qarshi kechadigan o'yinlarida gol urarmikanmiz, degan hayolda bo'lamiz. Nima uchun biz sanab o'tgan jamoalarimizni bemalol yuta olmaymiz? CHunki, bizda mustahkam poydevor yo'q. Bundan 4-5 yil avval o'smirlarimiz ham, yoshlarimiz ham jahon chempionatlarining final bosqichiga chiqardi. So'nggi bir-ikki yilda bunday bo'lmayapti. Milliy terma jamoamizning bundan 4 yil avvalgi tarkibi hozir deyarli o'zgarmagan. O'shanda 14 ochko bilan JCH-2014ga chiqa olmagandik. Bu safargi saralashda guruhlarda jamoalar soni bittaga ko'paygan. Raqiblardan ochko tortib olish qiyin kechyapti. Endi bu erda murabbiyning ham juda katta ishi bo'lishi kerak. Bu saralashning hal qiluvchi bosqichida murabbiylarning mahorati birinchi planga chiqadi. Taktikalar kurashida qaysi murabbiy kuchli bo'lsa, o'sha mutaxassis boshqarayotgan jamoa ko'chasida bayram bo'ladi. To'g'ri, maydonda futbolchi harakat qiladi. Lekin hamma narsani ham futbolchi hal qilavermaydi. Masalan, Portugaliya terma jamoasini olaylik. Ronaldu jamoadoshlari nimaning evaziga Evropa chempioni bo'lishdi? Albatta, murabbiyning mahorati sabab o'z maqsadlariga erishishdi. Keyin omadga ham bog'liq joyi bor, buni ham tan olish kerak. JCH-2014 saralashida biz Erondan kuchli edik. Lekin omad bizga kulib boqmadi. Asosiy raqibni mag'lub etyapmizu, lekin mundialga bizdan engilgan jamoa chiqyapti. Misol uchun, Suriyaga qarshi kechgan o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Vaholanki, o'sha o'yinda kamida bir ochko naqd edi.



Hujumga berilib ketish natijasida bitta qarshi hujumni o'tkazib yubordik va buning natijasida darvozamizga so'nggi daqiqada penalti belgilandi. O'sha bir ochko biz uchun juda ham zarur edi. Ishqilib, o'sha Malayziyada olinmagan bir ochko bizga etmay qolmasinda, men shunisidan qo'rqaman. Yana Eron bilan Tehronda bo'lib o'tadigan o'yinga qaytaman. Safarda Eronni mag'lub etishning hecham iloji yo'q, demoqchi emasman. Bundan avvalgi saralashda ham Eron maydonida 3 ochkoni qo'lga kiritganmiz. Bu ishni yana bir bor takrorlashimiz mumkin. Lekin ayni paytda Eron bizdan ham kuchliroq, ham omadliroq ko'rinyapti. Hali o'z darvozasidan gol ham o'tkazib yuboryapti. Murabbiyi Karlush Keyrush ham mana 5-6 yildan beri ishlab kelyapti. Futbolchilar ham bir-birini juda yaxshi tushunib harakat qiladi. Agar Tehronda to'g'ri taktika tanlanib, o'z o'yinimizni ko'rsata olsak, g'alabaga erishishimiz mumkin. Eron o'z maydonida o'ynaydimi, mehmondami, himoyaviy futbol namoyish etadi. Raqib nisbatan kuchsizroq bo'lsa ham himoyadan o'ynaydi. O'ylashimcha, biz ham shundan kelib chiqqan holda o'yinga to'g'ri taktika tanlab, Eronni mag'lub etishimiz shart. Bu yil 32 yoshga to'laman. Kerak bo'lsa hozir o'z o'rnimni yosh futbolchilarga bo'shatib berishga tayyorman. Yoshlarning o'ziga ham bu haqda aytaman. Men hozir o'z poziciyamda eng yaxshi futbolchiman, shuning uchun maydonga tushyapman, demoqchi emasman. Internetda chop etilgan xabarlar ostida muxlislar tomonidan yozilayotgan fikrlar (komentlar)ni erinmay o'qib chiqaman.

Aziz qachon terma jamoadan ketadi, qabilidagi gap-so'zlarga duch kelaman. Men hoziroq ketishga roziman va bunga tayyorman. Lekin murabbiy senga ishonyapman, deb turganidan keyin, men yo'q, menga ishonmang, demaymanku! Futbolchi oyog'i yurishdan to'xtagunicha to'p tepgisi keladi. Menda ham xuddi shunday istak bor. Endi muxlislarni tushunaman. Ular chin yuraklaridan muxlislik qilganliklari uchun ham terma jamoani tezroq jahon chempionatining final bosqichida ko'rishni xohlashadi. Maydondagi harakati uchun futbolchini so'kadi, koyidi, lekin ko'cha-kuyda ko'rib qolsa, salomlashadi. Muxlislar shunday talabchan bo'ladi. Siz bilan Ramazon kunlari suhbat quryapmiz. Keling, yaxshi niyat qilaylik. Biz shu safar jahon chempionatiga chiqaylik va bu bilan muxlislarning orzusini ro'yobga chiqaraylik. Bir narsani aytish yodimdan ko'tarilay debdi. Futbolga bo'lgan etibor va qarashni o'zgartirish kerak. Fikrimni Belgiya misolida tushuntirishga harakat qilaman. Bu mamlakatda milliy terma jamoaning ishlari orqaga keta boshlaganidan so'ng xususiy akademiyalarga urg'u qaratildi. Turli yosh toifasidagi futbolchilar bir vaqtning o'zida ham xususiy akademiyalarda, ham klublar qoshidagi akademiyalarda taxsilni davom ettirishdi. Buning natijasida kuchli raqobat yuzaga keldi. Bu esa o'z mevasini bermasdan qolmadi. Bugunga kelib Belgiya futbolining oltin avlodi shakllangan, desam yanglishmayman. O'z vaqtida Belgiya Evropa chempionatiga mezbonlik qilgandi. O'sha qita chempionatidan kelib tushgan mablag' to'laligicha mamlakat futboli rivojiga sarflandi. Aytib o'tganimdek, xususiy akademiyalarga etibor qaratildi. Bizda ham shu usulni qo'llash kerak. Lekin bilishimcha, mamlakatimizda xususiy akademiya jamoalarini shahar chempionatlariga qo'yilmaydi.


- Xuddi siz atayotgan holat BAAda qanday yo'lga qo'yilgan?
- Amirliklarda har bir jamoaga davlat byudjetidan pul ajratiladi. Homiylar ham o'z tomonlaridan malum miqdorda mablag' berishadi. Ochig'ini aytaman, BAAning mahalliy futbolchilari bizning o'yinchilardan kuchli emas. “Al Ayn” yoki BAAning boshqa klublari OCHL doirasidagi uchrashuvlarda bizning jamoalarni Toshkentga kelib mag'lub etib ketadi. Lekin bu ularning bizning futbolchilardan ustunligini ko'rsatmaydi. Futbolchilarimiz ulardan individual tarzda juda kuchli. Faqat futbol haqida o'ylashadi. Amirliklarda o'ynayotgan mahalliy futbolchilarning boshqa kasbi ham bor. Futboldan keyin o'z ishi bilan shug'ullanadi. Klublari asosan legionerlarga suyanadi. Ayniqsa, OCHL yo'llanmalari uchun kurashadigan jamoalari bunga jiddiy etibor qaratadi. Saviyasi yuqori legionerlarni xarid qiladi. Mahalliy futbolchilari esa aynan legionerlardan o'rganadi. O'z vaqtida bizga Rivaldo, Skolari, Ziko kabi dunyo tan olgan futbolchi hamda murabbiylar keldi. Biz bu insonlardan ozmuncha futbol sir-asrorlarini o'rgandikmi?

Har bir mashg'ulotiga chiqqaningizda nimanidir o'rganasiz. CHunki, ular bizdan 100 ta ko'ylak ko'p yirtgan. Agar “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Dinamo”, “So'g'diyona” kabi jamoalar saviyasi yuqori bo'lgan legionerlarni olib kelishsa, raqobat keskin oshib ketadi. Buning natijasida terma jamoamizda ham o'sish ko'zga tashlanadi. Menda oliy liga o'yinlarini kuzatish imkoniyati yuzaga keldi. Bu yilgi chempionat bahslarini miriqib tomosha qilyapman. Toshkentda o'tgan bir necha uchrashuvlarni stadiondan ko'rdim. O'zgarish juda ham katta. Kutilmagan natijalar qayd etilyapti. Masalan, kubok doirasidagi “Paxtakor” - “Nasaf” uchrashuvini olaylik. Qarshilik futbolchilar namoyish etgan o'yin menda juda iliq taassurot qoldirdi. “Qo'qon-1912”, “Navbahor” jamoalari ko'rsatayotgan o'yinlar sabab muxlislar yana stadionga qayta boshlashdi. Namangandagi stadionga muxlis sig'may ketdi. Keyin o'yinlarning to'g'ridan-to'g'ri translyaciyasiga ham ko'p narsa bog'liq. Misol uchun, “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida falonchi futbolchi so'nggi o'yinlarda juda yaxshi taassurot qoldiryapti. Lekin buni xalq bilmaydi. Terma jamoa murabbiylari ko'ra olmaydi. Agar translyaciya bo'lganida, barcha buning guvohiga aylanardi. “Qizilqum” muxlislari nega Aziz Haydarovni chaqirasan, bizning klubda falonchi futbolchi zo'r o'ynayapti, deyishi mumkin. Buni misol tariqasida aytyapman. Ammo bu futbolchini faqat navoiylik muxlislar ko'rishyapti.

- “Al SHabab” jamoasida 6 yil o'ynadingiz. Har qanday legioner orzu qilsa bo'ladigan holat bu. Ortga nazar tashlab, xulosalaringiz qanday bo'ldi?
- Hayot davom etadi. “Al SHabab”da hayotimning 6 yili o'tdi. SHu paytgacha hech bir jamoada shuncha muddat o'ynamagan edim. Qadrdon uyimdek bo'lib qolgandi. Ha, ketish oson bo'lmadi. Lekin vaziyat shuni taqozo qilib qolgandi. SHartnoma taklif ham qilishdi, keyin ozgina ishni cho'zish holatlari ko'zga tashlandi. Kutib yurgandan ko'ra bir qarorga kelib qo'ya qoldim. CHempionat yakunlanishi bilan “Ajman” klubidan taklif tushdi va uni har tomonlama ko'rib chiqqanimdan so'ng shartnoma imzoladim. SHartnoma 1+1 ko'rinishida bo'lib, kelasi mavsum yana uzaytirishim mumkin. “Ajman” klubida ham taniydigan futbolchilar ko'p. Xatto o'zim bilan birga “Al SHabab”da to'p tepgan bir legioner o'yinchi bor. O'ylashimcha, o'zim uchun to'g'ri yo'lni tanladim. CHunki, men shartnoma imzolaganimdan 4 kun o'tib, BAAda qaror chiqdi. Unga ko'ra, “Al SHabab”, “Al Ahli” va “Dubay” klublari yagona jamoa sifatida birlashtirildi. Jamoasiz qolib ketmaganimdan xursand bo'ldim. Odamlarining ham ko'ngli ochiq. Keyin o'zim uchun yangi muhitni yaratdim. Balki bu o'yinimda tub burilish yasar. O'z ustimda yanada ko'proq ishlarman. “Al SHabab”da 6 yil o'ynaganim uchun o'zimda bosiqliq paydo bo'lgandi. Endi esa vaziyat o'zgardi. To'g'ri, moliyaviy tomondan biroz yutqazdim. “Al SHabab”dagi maoshni bu erda ololmayman. Lekin nolishga ham haqqim yo'q.  



- Raqam tanladingizmi? Bundan avval o'ynagan jamoalaringizda asosan 7-raqamli futbolkada harakat qilgansiz. Umuman, raqamlarga etibor qaratasizmi?
- Futbolchilik faoliyatimning ilk yillari 4-raqam ostida o'ynaganman. Keyin “Lokomotiv”da 7-raqamni berishdi. “Bunyodkor”da ham yarim yil 7-raqam ostida o'ynadim va shundan so'ng 26-raqamni berishdi. Keyin yana 3 yil “qaldirg'ochlar” safida 7-raqamda harakat qildim. “Al SHabab”da ham 7-raqamni begona qilmadim. Baxtimga “Ajman”da ham 7-raqam bo'sh ekan. Doimo shu raqamga mos o'yin ko'rsatib yuraveraylik.   

  Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика