So’nggi yangiliklar

12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  0 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  0 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  3 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  8 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  8 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3

Azizbek Haydarov: "Bunyodkor" maydoni sifati 7 yildan beri umuman talabga javob bermaydi" Yangiliklar

Azizbek Haydarov: "Bunyodkor" maydoni sifati 7 yildan beri umuman talabga javob bermaydi"

Teglar :  Azizbek Haydarov
O'zbekiston terma jamoasi hamda "Bunyodkor" yarim himoyachisi Azizbek Haydarov KXDRga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (2:0) va bahs o'tkazilgan stadiondagi maydon sifati haqida fikr bildirdi.

- Raqib kuchli bo'lsa sizlar (jurnalistlar)ga mavzu topiladi, bugun bizga qarshi o'ynagan jamoa kuchsizroq bo'lgani tufayli intriga yo'q.

Ayni damda raqibimiz kuchli yoki kuchsiz bo'lishi shart emas. Asosiysi - o'z o'yinimizni topib olishimiz, murabbiy ko'rsatmasini bajarishimiz kerak.

To'g'ri, KXDR top jamoa emas, ammo Toshkentga bundanda kuchsizroq terma jamoalar kelgan. Masalan, Filippin va boshqalar. Ularga qarshi bahslarda juda qiynalgan paytlarimiz bo'lgan. Bugungi o'yinni muxlislarbop desak bo'ladi. Bahs ishqibozlarga yoqdi. Navbatdagi o'yinimiz Qatar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Sizningcha Qatar KXDRdan kuchliroqmi?

- Albatta.

- Buni o'yin ko'rsatadi.

- Birinchi bo'limda sizni zaxiraga olishdi...

- Kecha shu stadiondagi mashg'ulotda jarohat oldim. Bu maydon sifati tufayli bo'ldi. O'yindan oldin maydonga 10 mashina qum to'kib bo'lmaydi. Biz plyaj futboli jamoasi emasmiz, chimda to'p tepishimiz kerak. Bu erda terma jamoa o'ynayaptimi, demak, maydon sifati yaxshi darajada bo'lishi lozim.

- Maydon sifati...

- Maydon sifati 7 yildan beri umuman talabga javob bermaydi. Buni tan olishimiz kerak. Buni hamma ko'rib turibdi. To'p to'xtatishdan oldin maydon bilan kurashishingiz kerak, keyin to'p bilan. SHundan so'nggina pas bera olasiz. Bir necha marta aytganmiz. Bu futbol o'ynaydigan maydon emas.

- Jarohatingiz qanchalik jiddiy, qachon undan qutilasiz?

- Bu haqida aniq malumotga ega emasman. Biroq milliy jamoa lagerida shug'ullanishda davom etaman. Tiklanish ham shu erda bo'ladi.



Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика